21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 14:35
Sport 👁 811

INTILUVChAN VA IZLANUVChAN MURABBIY

INTILUVChAN VA IZLANUVChAN MURABBIY

Sport – insonni nafaqat jismoniy, balki aqliy yetuklikka eltuvchi oʻta muhim tarbiya omilidir. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida bolalar sportini rivojlantirish mamlakatimizda ustuvor vazifaga aylandi. Ayniqsa, umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtayotgan turli sport musobaqalarida tumanimiz, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharafini himoya qilishga qodir, iqtidorli sportchilar yetishib chiqmoqda.

– Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi doimiy izlanishda boʻlmasa, oʻz fani boʻyicha hech qanday ijobiy natijaga erisha olmaydi, – deydi 41-sonli umumtaʼlim maktabi jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Manas Nurjonov. – Ayrim oʻqituvchilar bolalarni maktab sport zaliga yoki ochiq stadionga olib chiqishadi-da: “mana toʻp, mana futbol maydoni, oʻynayveringlar”, deyishadi. Oʻzi esa tomoshabin boʻlib oʻtirib oladi. Bolalar oʻz bilganlaricha toʻp “surishadi”, biri yutib, biri yutqazgan jamoa bormi, bor. Ana xolos, deyman, shu ham darsmi? Bola bir soatlik jismoniy tarbiya darsidan haqiqiy chiniqish sabogʻini olsin. Futbol, basketbol, qoʻyingki, sport oʻyinlari bilan shugʻullanishning metin qoidasini oʻrgansin. Maydonda shunchaki emas, maktab, mahalla, tuman va ona yurt shaʼnini himoya qilishga shay tursin...

Manas Nurjonov taʼlim sifati va oʻqituvchilarning malakasini oshirish boʻyicha tuman miqyosida seminar-treninglar oʻtkazishda, jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining malakalarini oshirish boʻyicha oʻz innovatsion loyihalari, takliflari bilan ham faol ishtirok etib kelmoqda.

Oʻzi ishlaydigan maktabda esa sinfdan tashqari tadbirlarning yangi shakllarini oʻtkazish boʻyicha sinf rahbarlarining bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida seminarlar tashkil etayotgani bois, maktab oʻqituvchilar jamoasining qiziqish va eʼtiroflariga sazovor boʻlmoqda. Ayniqsa, Manas Nurjonovning oʻquvchi shaxsini shakllantirishga yoʻnaltirilgan uslubiy dars ishlanmalari, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini mustahkamlovchi didaktik materiallardan foydalanish boʻyicha tavsiyalari maktab oʻqituvchilariga qoʻl kelmoqda.

Manas Nurjonovning intiluvchanligi, oʻquvchilar bilan ishlashdagi pedagogik ish uslubi oʻz samarasini berib, maktab oʻquvchilari 2014-2015 oʻquv yilida sportning qoʻl toʻpi turi boʻyicha Respublika bosqichida, 2015-2016 hamda 2016-2017 oʻquv yillarida tuman va Respublika bosqichlarida gʻolib jamoalar safidan joy oldilar. 2017-2018 oʻquv yilida esa qoʻl toʻpi sporti jamoasi “Umid nihollari” sport musobaqasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 2-oʻrinni egalladilar.

Izlanuvchan va intiluvchan Manas Nurjonovga oʻz sohasida yangi-yangi yutuqlarga erishishida muvaffaqiyat tilaymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

Suratda: M.Nurjonov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026