Nogironligi bölgan fuqaroga poyafzal tikiş maşinasi topşirildi

18-sentyabr kuni Agronsanoat majmui, fan va madaniyat, davlat muassasalari va jamoat xizmati, isteʼmol tovarlari, savdo va xizmat körsatiş xodimlari kasaba uyuşmalari tuman Kengaşlari va tibbiyot xodimlari kasaba uyuşmasi tuman qömitasi rayosatlarining qöşma yiğilişi ötkazilib, unda Özbekiston Pespublikasi kasaba uyuşmalari Federatsiyasi Kengaşining 2018-yil 2-fevraldagi va Özbekiston Pespublikasi kasaba uyuşmalari Federatsiyasining Qoraqalpoğiston kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi Kengaşi rayosatining 2018-yil 11-iyuldagi xatlarida belgilangan topşiriqlar ijrosini taʼminlaş masalasi körib çiqilib, unda Amudaryo tumanida nogironligi bölgan ikki nafar fuqaroni hunarmandçilik uy mehnati (kasanaçilik) asosida iş bilan taʼminlaş uçun tumandagi kasaba uyuşmalari qömita va Kengaşlarida yiğilgan mablağ hisobidan ularga tikuv maşinalari va zarur matolarni olib beriş yuzasidan qaror qabul qilingan edi.
Yaqinda uşbu qarorga asosan Amudaryo tumanining “Böston” mahallasi, Manğit köçasi 87 uyda yaşovçi birinçi guruh nogironi Allambayev Ahmadjon Tursunboyeviçga qiymati 600 000 söm bölgan poyafzal tikuv maşinasi topşirildi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶