“SIZ OFOTOBGA ÖXŞAYSIZ, AZIZ MUALLIM!”
1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan 1-sonli umumtaʼlim maktabida “Siz oftobga öxşaysiz, aziz muallim” deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbir bölib ötdi.
Tadbirda maktab öqituvçilari, şu maktabda işlab nafaqaga çiqqan faxriy öqituvçilar, öquvçilar, ularning ota-onalari iştirok etdilar.
Bayram tadbirini maktab direktori Inobat Nurimbetova oçdi va barçani umumxalq bayrami bilan qizğin qutladi, taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar, öqituvçilik kasbi, öqituvçilarga qaratilayotgan eʼtibor xususida gapirdi.
Tabriklardan söng maktab öquvçilari tayyorlagan musiqiy dastur namoyiş etildi.
Ustoz va murabbiylarni uluğlovçi, ularga şogirdlar ehtiromini ifoda etuvçi kuy-qöşiqlar, şeʼrlar yangradi.
Bayram munosabati bilan taşkillaştirilgan tadbir ustoz-öqituvçilarga ham, öquvçilarga ham kötarinki kayfiyat bağişladi.
Gulçehra Qurbonboyeva, şu maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶