Giyohvandlikning oldini oliş va unga qarşi kuraş oyligiga bağişlangan tadbir
Amudaryo maişiy xizmat körsatiş kasb-hunar kollejida “2018-yil, sentyabr oyi – giyohvandlikning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş oyligi” munosabati bilan “Giyohvandlikning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş” mavzusida tadbir ötkazilib, unda kollej rahbarlari, öqituvçilari, öquvçilari, guruhlar rahbarlari va profilaktika inspektorlari iştirok etdilar.
Yiğilişda kollej direktori B.Qadirov sözga çiqib, kun tartibidagi masalaga keng töxtaldi. U öz sözida voyaga yetmagan yoşlar orasida huquqbuzarlikning va giyohvandlikka ruju qöyiş holatlarining oldini oliş, ularni nazoratsiz qoldirmaslik haqidagi fikrlarini bildirdi.
Şundan söng kollej direktorining maʼnaviy va maʼrifiy işlar böyiça örinbosari U.Jumanov sözga çiqib, mamlakatimizda yoşlarning ilm-maʼrifatli, barkamol inson bölib voyaga yetişlariga keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani haqida gapirib, bu imkoniyatlardan töla-tökis foydalaniş, jamiyat va davlat uçun fidoyi şaxs böliş har bir yoşning burçi ekanligini, buning uçun esa, ular avvalo fanlarni çuqur özlaştirişlari, şuningdek, xalqimiz tomonidan mehnatsevarlik, oilani muqaddas biliş, insonlarga mehribon, döstlarga sadoqatli, vatanparvar böliş kabi eʼzozlanib kelinayotgan qadritlarga sodiq bölişlari lozim ekanligi haqida gapirdi.
Tadbirda Qiliçboy OFY profilaktika inspektorlari M.Maxmudov va A.Yuldaşevlar, Qiliçboy OFY mahalla posboni O.Rahimovlar ham kun tartibidagi masala yuzasidan öz fikr va mulohazalarini bildirdilar, kollej öquvçilarining barça savollariga javob berdilar.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶