24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 20:33
Jamiyat 👁 1,440

Tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining hisobot-saylov konferentsiyasi boʻlib oʻtdi

Tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining hisobot-saylov konferentsiyasi boʻlib oʻtdi

Bugungi kunda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlarga munosib turmush va mehnat sharoitlarini yaratish, haq-huquqlarini himoya qilish, isteʼdod va qiziqishlarini roʻyobga chiqarishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratib, munosib ragʻbatlantirib borish boʻyicha yaratilgan tizim hatto xorij davlatlari eʼtiroflariga, qiziqishlariga sabab boʻlmoqda.

Onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlod taʼlim-tarbiyasini jahon andozalariga mutanosib ravishda tashkil etish, oilalar mustahkamligini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan rejaviy-tadbirlar va bu tadbirlarda faol ayol-qizlarning, koʻpni koʻrgan nuroniy onaxonlarning ishtiroki jamiyat hayotida ayol-qizlarning nufuzi tobora oshib borayotganidan dalolat beradi.

Amudaryo tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining shu yil 3-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan hisobot-saylov konferentsiyasida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida xotin-qizlarning tutgan oʻrni va amudaryolik ayollar tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar alohida mamnuniyat bilan tilga olindi.

Hisobot-saylov Konferentsiyasini tuman hokimi muovini, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova ochdi va olib bordi. Konferentsiya kun tartibidagi asosiy masala – “Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Pespublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” gi va 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmonlari ijrosini taʼminlash borasida Amudaryo tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining vazifalari toʻgʻrisida” tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova maʼruza qildi.

M.Ahmedova oʻz maʼruzasida tuman xotin-qizlarining turli sohalarda erishayotgan yutuqlari, Prezident Farmonldari hamda Davlat dasturlari ijrosini taʼminlash borasidagi tizimli ishlar haqida keng toʻxtalib oʻtdi. Ayniqsa, yosh avlod taʼlim-tarbiyasi, onalar va bolalar reproduktiv salomatligini mustahkamlash, har bir mahallada va oilada sogʻlom maʼnaviy muhit yaratish, hayotimizga yot boʻlgan diniy ekstremizm, giyohvandlik balosiga qarshi kurashish boʻyicha hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, oʻtkazilgan madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar haqida batafsil maʼlumot berdi. Maʼruzada tilga olingan barcha amaliy ishlar va ularning ijobiy natijalari Konferentsiya ishtirokchilari koʻz oʻngida, monitorda birma-bir aks etib turdi.

Tumanda xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollarning manzilli roʻyxatlari tuzilib, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan 105 nafar ayol-qizlarga ijtimoiy-maʼnaviy koʻmak berilgan. Ularning bandligini taʼminlash maqsadida 35 nafar nogironligi boʻlgan ayolga nogironlik aravachalari berilib, 8 nafar xotin-qiz kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun tikuv mashinalari bilan taʼminlangan. Bundan tashqari, 4 nafar ogʻir sharoitga tushib qolgan ayolga boshlangʻich badali toʻlab berilib, zamonaviy uy-joy olishlariga koʻmaklashilgan. 2018-yilda 10 nafar ana shunday ayol-qizlarga 10 foizlik, 6 nafar ayol-qizlarga esa 25 foizlik boshlangʻich badallarini toʻlab berish hisobiga uy-joy bilan taʼminlanishlariga imkoniyat yaratilgan. Bundan tashqari, ogʻir sharoitda yashovchi 45 nafar ayolning uy-joyi taʼmirlangan va 250 nafar ayolga oilaviy maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida maishiy texnika jihozlari yetkazib berilgan. Albatta, bu kabi ishlarni amalga oshirishda boshlangʻich xotin-qizlar tashkilotlari qoshidagi “Qizlarjon” klubi, “Qaynonalar Kengashlari”, “Buvijonlar maktabi” kabi jamoatchilik tuzilmalari faollarining hissasi katta. Aynan ana shunday jamoatchilik tuzilmalari faoliyati yaxshi yoʻlga qoʻyilgani bois, hisobot davrida 44 ta oila yarashtirilib, 8 ta oila oʻzaro murosaga keltirilgan, oʻz joniga qasd qilish, ayollar tomonidan jinoyat sodir etish holatlari kamaygan. Oilalarda sogʻlom maʼnaviy muhit yaratish maqsadini ifoda etuvchi rejaviy tadbirlarning jonkuyarlari ham aynan yuqoridagi jamoatchilik tuzilmalari ekanligi monitorda aks ettirilgan turli hil tadbirlar jarayonlari haqidagi lavhalar orqali ishtirokchilarga yetkazildi.

Maʼruza yuzasidan qizgʻin muzokaralar boʻldi. Unda “Mahalla” jamoat fondi tuman boʻlinmasi rahbari Ashirboy Qoʻshayev, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi mutahassisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Guljahon Ibragimova, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi faoli Bunyod Qodirov, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Maʼmurjon Temirboyev, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Pobiya Yoʻldoshevalar ishtirok etdilar va tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi tolmonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Shundan soʻng konferentsiya kun tartibidagi “Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining yangi tahrirdagi Ustavi loyihasi toʻgʻrisida” gi, “Tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi Boshqaruvi tarkibini saylash toʻgʻrisida” gi hamda “Tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisini saylash toʻgʻrisida” gi masalalar ham koʻrib chiqildi. Delegatlar Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining yangi tahriridagi ustavi loyihasi yuzasidan oʻz takliflarini bildirdilar.

Kun tartibidagi tashkiliy masalalar ham ochiqlik va shaffoflik asosida koʻrib chiqildi.

Konferentsiya delegatlarining koʻpchilik ovozi bilan Maryam Ahmedova tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi etib saylandi.

Shuningdek, konferentsiyada tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining Boshqaruvi tarkibi hamda Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi Konferentsiyasiga delegatlar ham saylandi.

Tuman Xotin-qizlar qoʻmitasining hisobot-saylov Konferentsiyasida Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi raisi muovini, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zuhra Ibragimova ishtirok etdi va maʼruza qildi.

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026