TADBIRKORLAR HUQUQI QONUN HIMOYaSIDA
Joriy yil mamlakatimizda “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili” deb nomlanişi munosabati bilan nazorat qiluvçi organlar rahbarlari iştirokida har oyda namunali, faol tadbirkorlar iştirokida uçraşuvlar taşkil etilib, ularni qiynayotgan muammolarni eşitiş, kamçiliklarni aniqlaş va bartaraf etiş çoralari körib borilmoqda.
Tuman prokuraturasi tomonidan ham hududdagi tadbirkorlik subʼektlari bilan har oyda tuman mutasaddi idoralar rahbarlari iştirokida uçraşuv va tadbirlar ötkazilib kelinmoqda.
Tadbirlarda muammolarni hal etiş bilan birga tadbirkorlik bilan şuğullaniş istagida bölgan fuqarolarga faoliyatni taşkil qiliş hamda rasmiylaştiriş yuzasidan tuşuntiriş va takliflar berilib borilmoqda. Şuningdek, faoliyati töxtatilgan va harakatsiz turgan korxonalar rahbarlari bilan yakka tartibda suhbatlar ötkazilib kelinmoqda.
Tumanda faoliyat yuritayotgan “Xöjaköl” hamda “Amudaryo sohili” fermer xöjaliklari tomonidan çorvaçilikni rivojlantiriş maqsadida 2 mlrd. 800 mln. sömlik kredit mablağlari hisobiga 132 ta nasldor qoramollar Polşa Respublikasidan olib kelindi va bugungi kunda ularning tarmoqlari kengaytirildi. Şuningdek, ayni paytda “Örta qalʼa çorvadori” agrofirmasi tomonidan asalariçilikni rivojlantiriş maqsadida 1 mlrd. 200 mln. sömlik, şundan 1mlrd. sömi bank krediti mablağlari hisobiga asalari oilalarini olib keliş va har bir hudud hamda fermer xöjaliklarida asalariçilikni rivojlantiriş rejalaştirilgan. Bundan taşqari, baliqçilik, zamonaviy muzlatkiçli omborxonalarni taşkil qiliş, meva-sabzavot mahsulotlarini yetiştiriş va qayta işlaşni taşkil qiliş kabi yönalişlardagi loyihalar ham Davlat dasturiga kiritilgan.
Tuman hududida böş turgan, kam quvvatda işlayotgan korxonalar faoliyatini qayta tiklaş va kengaytiriş yoki ular negizida yangi işlab çiqarişlarni taşkil etiş böyiça “Manğit” MÇJ tomonidan umumiy ovqatlaniş va savdo dökoni taşkil qilinib, joriy yilda işga tuşirilişi rejalaştirilgan.
Tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uçraşuvlar davom etmoqda va işbilarmonlarga huquqiy yordam körsatib kelinmoqda.
Ilyas RAZAKOV,
tuman prokurorining katta yordamçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶