“Huquqiy bilimlar kuni” tadbiri aholiga bepul huquqiy maslahat oliş imkonini berdi



Taraqqiyot sari dadil odimlayotgan yurtimizda avvalo inson huquqlarini himoya qiliş va rağbatlantiriş asosiy vazifa hisoblanadi. Şu qatorda fuqarolarga burç, vazifalarni anglatiş, huquqiy ong va madaniyatni oşirib boriş ham muhim örin tutadi.
Fuqarolarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltiriş maqsadida butun Özbekiston böylab Adliya vazirligi tomonidan “Huquqiy bilimlar kuni” fleşmobi taşkillaştirildi. Fleşmob Qoraqalpoğistonda Amudaryo tumanida ötkazilib, ikki kun davom etdi.
11-oktyabr kuni tumandagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyida boşlangan tadbirga öquv muassasalari öquvçi va öqituvçilari, yoşlar, tumandagi idora-taşkilotlar xodimlari hamda keng aholi jalb etildi. Qoraqalpoğiston Adliya vazirligi va tuman Adliya bölimi tomonidan taşkil etilgan mazkur tadbir uçun ajratilgan joy alohida bezatilib, stellajlarga adliya logotipi va sahifalari tuşirilgan bannerlar, turli xil stend, bukletlar, flayerlar qöyildi.
Huquqni faol tarğib qiliş şaklida ötkazilgan fleşmobda Qoraqalpoğiston Pespublikasi Adliya vazirining birinçi örinbosari A.Atajanov, Adliya vazirligi huquqiy tarğibot va maʼrifat bölimi boşliği A.Oteuliyev hamda tuman Adliya bölimi boşliği M.Matyusupovlardan taşqari tuman notariuslari va kuçli advokatlar ham iştirok etdilar.
Tadbir boşlanişida iştirokçilar taniştirildi va barçaga huquqiy xizmat taklif etildi. Notariuslar, advokatlar va davlat xizmat agentligi vakillari aholini qiziqtirgan savollarga javob berdilar. Şuningdek, hayotiy muhim masalalar böyiça qöllanmalar tarqatildi.
Fuqarolarni huquqiy bilimlarga qiziqtiriş va savodxonligini oşiriş uçun test sinovi ham taşkil etildi. Test sinovi natijalariga köra, ğolib iştirokçilar turli sovğalar bilan rağbatlantirildi.
12-oktyabr kuni 76-sonli umumtaʼlim maktabida davom ettirilgan “Huquqiy bilimlar kuni” fleşmobi tadbiriga ham keng doiradagi omma jalb etildi. Bepul huquqiy maslahat oliş va savodxonligini, tuşunçalarini oşiriş imkoniga ega bölgan uşbu fleşmob iştirokçilariga huquqiy tarğibot tadbirining sovğalari sifatida bloknot va ruçkalar ham tarqatildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶