21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 19:36
Qishloq xoʻjaligi 👁 1,022

Amudaryolik paxtakorlar 32 524 tonna paxta topshirib, shartnomaviy rejasini ortigʻi bilan bajardi!

Amudaryolik paxtakorlar 32 524 tonna paxta topshirib, shartnomaviy rejasini ortigʻi bilan bajardi!

Bugun tumanimiz qishloq xoʻjaligi xodimlari, fermerlarimiz, ularga xizmat koʻrsatuvchi korxonalar mehnat jamoalari, qoʻyingki, butun tumanimiz ahli oʻzgacha quvonchda.  Chunki bugun Amudaryolik paxtakorlar 2018-yil hosili uchun  32 ming 524 tonna paxta yetishtirib, davlat oldidagi yillik shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan bajardilar.

Albatta bunday natijaga erishish oʻz-oʻzidan boʻlmaydi.  Qishloq xoʻjaligi sohasini tubdan isloh qilish, sifatli xom-ashyo yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha  qabul qilingan hujjatlar,  jumladan Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi “Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori  fermerlarimizning yerga boʻlgan, ishga boʻlgan munosabatini tubdan oʻzgartirdi. Mirishkor fermerlarimizning yaratib berilgan imkoniyat va imtiyozlardan toʻlaqonli va samarali foydalanishi, tunu kun qilgan fidoyi mehnatlari oʻz natijasini koʻrsatdi.

Dehqonchilik –  mashaqqatli ish. Har qanday ekinni ekishda albatta ilm bilan yondashish,  ilgʻor tajribalarni amaliyotda qoʻllash, har bir fasl va va har bir kunning ob-havosini oldindan bilish, sezish va shunga qarab ish koʻrish lozim. Ezgu niyat bilan qishning qahratoni-yu yozning jaziramasida ham har bir tadbirni oʻz vaqtida sifatli bajargan dehqonning hosili albatta barakali boʻladi. Shu maʼnoda bugungi erishilgan gʻalaba ham dehqonlarimizning, qishloq xoʻjaligi mutaxassislarining, sohaga xizmat koʻrsatuvchi barcha hamkor tashkilotlar mehnat jamoalarining hamjihatlikdagi xizmatlari samarasi, desak oʻrinli boʻladi.

Joriy yilda mavjud 510 ta fermer xoʻjaliklarimizning 15 ming 550 gektar yeriga chigit ekildi,  ob-havo qiyinchiliklariga qaramay tekis nihol olishga erishildi. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻz vaqtida sugʻorilishi moʻl hosilga ishonchli zamin yaratadi. Joriy yilgi gʻoʻza vegetatsiya davridagi suvning biroz tanqisligini inobatga olib, suvni tejaydigan texnologiya – 4 ta koʻchma egiluvchan quvurlar kompleksi olib kelinib, fermer xoʻjaliklariga berildi. Sugʻorish ishlarini oʻz vaqtida samarali olib borish   uchun Xitoy Xalq Pespublikasida ishlab chiqarilgan 30 dona kichik koʻchma dizel nasoslari yetkazib berilganligi ham oʻz natijasini berdi.

Bu kabi chora-tadbirlar gʻoʻza nihollarining ortiqcha chanqab qolishining va hosil nishonalari toʻkilishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Natijada kuz boshlanguniga qadar paxta maydonlarimizda hosil qiygʻos ochilib, yigʻim-terimga kirishildi.

Paxta yigʻim-terim mavsumini yogʻin-sochinli kunlarga qoldirmasdan qisqa muddatlarda uyushqoqlik bilan oʻtkazish maqsadida  tumanda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan terim oldidan sektorlar rahbarlari tomonidan tumanimiz hududlarida aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, ixtiyoriylik asosida 300 ta terim otryadlari shakllantirildi.

Shunisi ahamiyatliki  bu yil Amudaryo tumani paxta hosilini hasharchilarsiz terib olish tashabbusi bilan chiqqan tumanlardan biri boʻldi. Tumanimizda qishloq xoʻjaligi sohasida koʻp yillardan buyon shakllangan tizim, fidoyi va mehnatkash xalqimizning hamjihatlikda qilgan mehnatlari natijasida davlatga paxta topshirish boʻyicha shartnomaviy rejani Qoraqalpogʻistonda birinchi, Oʻzbekistonda birinchilar qatori ortigʻi bilan uddalab, mehnat zafariga erishildi. Buning uchun barcha yurtdoshlarimizga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.

Bu yilgi bunyod etilgan xirmon nafaqat fermer xoʻjaliklari  daromadining oshishi balki tumanimiz aholisi hayotining farovonligi va turmush darajasining yanada yaxshilanishi uchun ham katta ahmiyatga ega boʻldi.  Chunki joriy yilda paxtaning xarid narxining oshirilgani, terim uchun oʻtgan yillarga solishtirilganda deyarli ikki barobardan ortiq haq toʻlgangani fermerlar va hasharchilarning moddiy manfaatdorligini oshirishda muhim omil boʻldi. Shuningdek, bu omil vaqtincha ishsiz yurtdoshlarimizning yigʻim-terimda ishtirok etib, oilasiga qoʻshimcha daromad keltirish vositasi ham boʻldi.

Paxta terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoitlarning yaratilgani, jumladan dala boshida issiq ovqat va choy tashkil etilgani, ilgʻor terimchilar  doimiy ravishda ragʻbatlantirilib borilgani, madaniy-maʼrifiy tadbirlarning oʻtkazilishi, terim pullarining oʻz vaqtida kunlik  hisob-kitob qilib borilgani paxtakorlarga yanada  kuch bagʻishladi.  Shu kungacha tumanimiz boʻyicha jami 24 mlrd. soʻmdan ziyod naqd pul terim haqi sifatida tarqatildi. Jami yigʻib-terib olingan 32 ming tonnadan ortiq  paxtaning asosiy qismi birinchi navga topshirilgani esa fermerlarimizning yuqori daromad olishini taʼminlaydi.

Fursatdan foydalanib barcha  qishloq xoʻjaligi xodimlarini, dehqon va fermerlarimizni, hasharchi va yordamchilarni, paxta yigʻim-terimiga oʻzining hissasini qoʻshgan barcha yurtdoshlarimizni erishilgan mehnat zafari bilan chin qalbimdan tabriklayman va oʻzimning samimiy tashukkurimni bildiraman. Mashaqqatli mehnatingizning rohatini koʻrish baxti Sizga nasib etsin, aziz yurtdoshlar!

Sultonboy YOʻLDAShEV, Amudaryo tumani hokimi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026