Kitob öqiş ahamiyati tarğib etildi (+video)
Mamlakatimizda “Adabiyotga eʼtibor – maʼnaviyatga, kelajakka eʼtibor” şiori ostida kitob tarğibotiga bağişlangan tadbirlarni ötkaziş yaxşi anʼanaga aylangan. Aytiş joizki, uşbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davlatimiz tomonidan adabiyotni rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor va erişilayotgan natijalarni keng jamoatçilikka yetkazişda, xalqimiz, jumladan, yoşlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirişda, ijodkorlar va kitobxonlar örtasidagi muloqotni yaxşilaşda öz samaralarini bermoqda.
Buyuk şoir va mutafakkir Alişer Navoiy hazratlari yozganidek, kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalişga erişişning eng asosiy manbaidir. Darhaqiqat, insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bölişining muhim omili – bu kitobga döst böliş, hamişa kitob öqiş va kitob mutolaasini umr böyi kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoşlar tarbiyasida kitob mutolaasining alohida örni bor. Çunki yaxşi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyğularini yuksaltirib, yaxşilik hamda ezgulikka undaydi.
30-oktyabr kuni 40-sonli maktab majlislar xonasida bölib ötgan “Kitoblarning yoşlar maʼnaviyatini yuksaltirişdagi örni va ahamiyati” mavzusidagi davra suhbatida ham şu xususda söz bordi. Özbekiston milliy tiklaniş demokratik partiyasi tuman Kengaşi taşkillaştirgan uşbu tadbirda maktab öqituvçilari, öquvçilaridan taşqari partiya faollari, Pespublika maʼnaviyat-tarğibot markazi tuman bölimi boşliği Mahmud Safarboyev, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti raisi Ahmad Nafasov va partiyadan saylangan deputatlar iştirok etdilar.
Tadbir davomida sözga çiqqanlar inson hayotida kitobning örni va ahamiyati beqiyosligi, yoşlarda kitob mutolaasiga qiziqişini oşiriş, oilaviy kitob öqiş ota-onalar va bolalarning özaro munosabatlarini yaxşilaşi bilan bir qatorda yoşlarning kitob öqiş, madaniyatini şakllantirişini taʼkidlab ötdilar.
– Maʼrifatli, maʼnaviyati yuksak va bilimi teran bölgan kadrlar yurtni farovon qiladi, mamlakat taraqqiyotini tezlaştiradi. Çinakam bilimni esa kitob öqimasdan turib egallaş aslo mumkin emas, – deb taʼkidladi Özbekiston milliy tiklaniş demokratik partiyasi tuman Kengaşi raisi Şirin Yangiboyeva.
Tadbirda köp kitob öqişning inson xayotidagi tutgan örniga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir iştirokçilar könglida köproq kitob öqişga rağbat uyğotgani şubhasiz.
O.Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶