OILAVIY MUAMMOLAR ÖZ YeÇIMINI TOPMOQDA
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini taʼminlaş, iqtisodiy, ijtimoiy faolligini oşiriş davlatimiz siyosatining asosiy yönalişlaridan biridir. Mustaqillik yillarida bu borada muayyan işlar olib borilgan bölsa-da, xotin-qizlar manfaatlarini röyobga çiqariş böyiça mexanizm yaratilmagan edi. Natijada ijtimoiy oğir vaziyatga tuşib qolgan oilalar, ayollar va yoş qizlarga çinakam yordam beriş böyiça samarali faoliyat olib borilmagan, oqibatda köplab masalalar töplanib qolgan edi.
Bularni inobatga olgan holda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatni tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni qabul qilindi va bu boradagi işlarni sifat jihatdan yuqori poğonaga kötariş böyiça vazifalar belgilab berildi.
Farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bölimlari taşkil etilib, oilalarda mehr-oqibat barqaror bölişini taʼminlaş, ayniqsa, nikohning ilk davrlarida er-xotin va ularning ota-onalari örtasidagi munosabatlarini mustahkamlaş, erta nikoh va ajralişlarning oldini oliş, notinç va muammoli oilalarni öz vaqtida aniqlaş, ulardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş, nizoli holatlarning oldini oliş va oilaviy munosabatlarni yaxşilaş böyiça çoralar körişga şaxsiy javobgar qilib belgilangan edi.
Farmonga muvofiq tumanimizda taşkil etilgan “Oila” markazida ötgan davr mobaynida qanday işlar amalga oşirildi? Bu borada markaz boş mutaxassisi Gulşod Yusupova şunday deydi:
– Tumanimizda mavjud 43 ming 546 ta, şundan 8 ming 430 ta yoş oilalar mustahkamligini taʼminlaş, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi masʼuliyatini oşiriş, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş, jamiyatda tinçlik va barqarorlikni saqlaşda oilaning tutgan örnini tarğib qiliş böyiça köpgina çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, 15-may – Xalqaro oila kuniga bağişlangan tadbirlar rejalari işlab çiqildi va amalga oşirildi. 2018-yil 10-17-may kunlari Respublikada “Mustahkam oila haftaligi” deb eʼlon qilinişi munosabati bilan korxona va taşkilotlarda, kasb-hunar kollejlari, umumtaʼlim maktablarida, barça mahallalarda “Soğlom oila – soğlom jamiyat” mavzusida 21 ta maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuvlar ötkazildi. 2018-yil 17-may kuni tuman istirohat boğida Xalqaro oila kuniga bağişlangan katta bayram tadbiri ötkazildi. Dastur doirasida tumandagi 49 ta ovul va mahallalarda “Ibratli oila” körik-tanlovi ötkazildi va unda 5 ta hududdan 36 ta ibratli oilalar hududiy bosqiçda iştirok etişdi. Ğolib bölgan 6 ta oilalarga tuman bosqiçida qatnaşiş uçun yöllanmalar berildi. Tanlovning tuman bosqiçida qatnaşib, 1-örinni egallagan xolimbeglik Ziyodboy Tangirbergenovlar oilasi “Ibratli oila” körik-tanlovining Respublika bosqiçida ham faol qatnaşdi. Şu bilan birga 36 ta mahallalarda namunali oilalarning xonadonlariga ibrat olişi uçun yoş oilalarning taşriflari taşkil etildi, 2 ta kam taʼminlangan nogironi bor oilalarga saxovat yordamlari körsatildi va 31 ta nizoli oilalar yaraştirildi, 21 ta taʼlim muassasalarida oila muqaddasligi mavzusida savol-javoblar, suhbatlar ötkazildi.
Oilalar va farzandlar salomatligini saqlaş maqsadida köp tarmoqli markaziy poliklinikada va Berdaq qişloq vraçlik punktida tibbiy köriklar taşkil qilinib, jami 568 nafar ayollar va 354 nafar bolalar tibbiy körikdan ötkazilib, soğlomlaştirildi.
Tuman böyiça 2 ta oila boşliği içkilikka ruju qöygani, 1 ta oilada qaynona-kelin kelişmovçiligi tufayli muntazam janjal kelib çiqayotgani uçun profilaktika inspektori, mahalla posboni biriktirildi va muntazam xabardor bölib turilibdi.
Avgust oyida ovul va mahallalarda “Biz oilaviy ajrimlarga qarşimiz” şiori ostida oilaviy munosabatlarni mustahkamlaş oyligi ötkazildi. Oylik davomida 31 ta oilaviy ajrimning oldi olinib, er-xotin va qaynona-kelinlar yaraştirildi. Şuningdek, mahallalarda “Eng yaxşi qaynona-kelin” hududiy tanlovi va 22-sentyabrda mazkur tanlovning tuman bosqiçi ötkazildi, ğoliblar tuman Xotin-qizlar qömitasining va “Oila” markazi tuman bölimining taşakkurnomasi, esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Şu kungaça oilalarning içki munosabatlarini mustahkamlaş, şaxslararo munosabatlarni anʼanaviy oilaviy qadriyatlar asosida saqlaş maqsadida muammolari bölgan 80 ta oilalar bilan suhbat ötkazildi. Şundan oila institutini mustahkamlaş, yoşlarni oilaviy hayotga tayyorlaş mavzusida 6 ta, jamiyatda zamonaviy oilalarning namunali şaklini hamda “Oila – jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy printsipini keng tarğib etişda 5 ta, “Soğlom oila – soğlom jamiyat” ğoyasini aholi örtasida keng tarğib qilişda 5 ta tarğibot-taşviqot tadbirlari ötkazildi.
Markazimizga şu kungaça jismoniy va yuridik şaxslardan 80 ta, şundan oilaviy masalalar böyiça 54 ta, iş bilan taʼminlaş böyiça 2 ta, moddiy yordam sörab 2 ta, huquqiy masala böyiça 17 ta, tibbiy yordam böyiça 5 ta murojaat böldi. Har bir murojaatçiga imkon qadar yordam körsatilmoqda.
Olib borayotgan saʼy-harakatlarimiz tufayli tumanda ötgan yilning şu davriga nisbatan oilaviy ajraşişlar kamaydi.
Istagimiz – faoliyatimiz har bir oila tinç-totuv, baxtiyor va farovon yaşaşiga xizmat qilsin! Boisi, hayotning jamiki neʼmatlari har kimning öz oilasi bağridadir.
Suhbatni Oygul Rajabova yozib oldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶