Xususiy klinika samarali faoliyat yuritmoqda
Tuman Markaziy şifoxonasi binosi qoşidagi “MohiDil shifomed” MÇJga qaraşli xususiy şifoxonada keng turdagi tibbiy xizmat taşkil etilgan bölib, undan foydalanayotgan aholi minnatdor bölmoqda. Klinikada işlatilayotgan UZI, EXO kardiografiya apparatlari orqali kasalliklar aniqlanib, aniq taşxis qöyilmoqda. Ayniqsa, laboratoriyada bemorlardan olingan tahlillar zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida keng spektorda tekşirilmoqda.
Taşxis qöyiş bilan birga davolaş ham tobora takomillaşayotgan klinikada kompyuter orqali umurtqa poğonasini çöziş, massaj, parafin va ozonterapiya yordamida muolaja yölga qöyilgan. Asosan yurak-qon tomir, nevrologik, oşqozon-içak, buyrak, qandli diabet, nafas yöllari, tayanç-harakat aʼzolari kasalliklariga davo qöllanilayotgan bu maskanda statsionar tarzda davolaş uçun barça şaroit yaratilgan.
– Klinikamiz 20-öringa möljallangan, – deydi gastroenterolog-şifokor Zulxumor Mamatqulova. – Salomatligidan şikoyat qilib kelayotgan bemorlarning davo muolajalariga qöşimça sifatida ozonterapiyadan ham foydalanayapmiz. Çunki, ozon bakteriya, virus va zamburuğlarni nobud qila oladi, hatto tiklovçi jarayonlarni kuçaytirib, töqimalarda kislorod yetişmovçiligini bartaraf qiladi.
Faoliyat körsata boşlaganiga hali unça köp bölmagan klinikada sifatli tibbiy xizmat körsatilayotgani tufayli bemorlar şifo topib, salomatliklarini töliq tiklab olişmoqda. Malakali şifokorlar Z.Mamatqulova, N.Alevetdinova, K.Gulmonova, E.Nurimbetova, Yu.Abdullayevalar hamda qöli yengil hamşiralar M.Örozmetova, H.Qozoqova, D.Örozmatova, Z.Törayeva, I.Yöldoşeva, G.Qozokovalar tomonidan körsatilayotgan tibbiy xizmatdan aholi juda mamnun bölmoqda.
Nasiba EŞÇONOVA,
“Gulzor” mahallasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶