Uruş faxriylariga Prezident sovğalari topşirildi
Xalqimizda azaldan yoşi uluğ keksalarga doim izzat körsatilib, ardoqlanadi. Ayniqsa, bugun hayot bölgan, oramizda yurgan Ikkinçi jahon uruşi iştirokçilari, front ortida fidokorona mehnat qilgan yoşi uluğ insonlarga alohida hurmat-ehtirom körsatib kelinmoqda.
Tumanimizda ham bu kabi ezgu işlar amalga oşirib kelinmoqda. Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari bölgan Sobir ota Nurullayev, Ötamurod bobo Bozorboyev, Yöldoş ota Ortiqovlarning xonadonlariga Prezidentimizning bu boradagi tegişli Qaroriga köra 11 turdagi oziq-ovqat va ehtiyoj uçun zarur bölgan boşqa mahsulotlar muntazam yetkazib berilmoqda.

15-noyabr kuni tuman hokimi S.Yöldaşev, “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölinmasi raisi B. Allamberganov, Özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş tuman Kengaşi raisining Keksalar va faxriylar işlari böyiça örinbosari Pimboy Örozboyevlar uruş faxriylarining xonadonlariga taşrif buyurib, ularning hol-ahvolidan xabar oldilar. Şuningdek, ularga Prezidentimizning tegişli Qaroriga köra ajratilgan mavsumiy kiyim-keçaklarni topşirdilar.




Bugungi tinç va obod hayotimizni barpo etişga beqiyos hissa qöşgan, yurtimiz, xonadonlarimiz fayzi bölgan möʼtabar keksalarimizni eʼzozlaş barçamizning insoniy burçimizdir.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶