“Xizmat – beminnat” loyihasi yoşlarni bepul oliy öquv yurtlariga tayyorlaydi

Mamlakatimizda yoşlar istiqboli, kelajagi yölida muayyan işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, “Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingani bu boradagi işlar kölami samaradorligini yanada oşirdi.
Özbekiston Milliy tiklaniş demokratik partiyasi taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan qator loyihalar bugun juda köplab yoşlarni öz atrofiga jamlab, iqtidor va qobiliyatlarini namoyon etişlarida, kasb-hunar egallaşlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, partiya tomonidan yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlari, kam taʼminlangan oilalar farzandlarini turli xil fan va kasb-hunar tögaraklariga jalb qiliş maqsadida taşkil etilgan “Xizmat – beminnat” loyihasi amalda öz samarasini bermoqda.Partiyaning “Xizmat - beminnat” loyihasi ÖzMTDP dasturiy vazifalari hamda Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasida yoşlarga oid belgilangan vazifalarni amalga oşiriş, şuningdek, “Ijtimoiy şeriklik töğrisida”gi va “Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi Qonunlar ijrosini taʼminlaş maqsadida amalga oşirilmoqda.
Uşbu loyiha doirasidaÖzMTDP Amudaryo tuman Kengaşi tomonidan joriy yilning şu davriga qadar 6 ta bepul öquv kurslari taşkil etildi. Mazkur öquv kurslarida 70 dan ziyod yoşlar bepul taʼlim olib kelmoqda, şundan 23 nafar uyuşmagan, 23 nafar fanlardan özlaştirişi past va 27 nafar kam taʼminlangan oilalar farzandlaridir. Öquv kurslariga 6 nafar köngilli öqituvçilar rahbarlik qilişmoqda.
“Xizmat - beminnat” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kollejida ötkazildi. Unda Özbekiston Respublikasi kasb-hunar taʼlimi aʼloçisi, Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi kökrak nişoni sohibi, kollej öqituvçisi Azimboy Safarbayev tomonidan 7 nafar kam taʼminlangan oila farzandlarining 11 oy davomida bepul taʼlim olişi yölga qöyildi.
Loyihani taşkil etişdan maqsad mahallalarda uyuşmagan yoşlarning ijtimoiy jixatdan şakllanişi, intellektual, ijodiy, jismoniy, ahloqiy va boşqa yönalişdagi salohiyatlari kamol topişiga kömaklaşiş va şart-şaroitlar yaratiş, ular ongida soğlom turmuş tarziga intilişni şakllantiriş, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularni ahloqiy negizlarni buzişga olib keladigan xatti-harakatlar va ğoyalardan himoya qilişga munosib xissa qöşişdir.
“Xizmat - beminnat” loyihasi doirasida ötkazilgan tadbir söngida mazkur loyiha tumandagi uyuşmagan yoşlarning intelektual, ijodiy, jismoniy salohiyatini kamol toptirişga kömaklaşiş, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etişga qaratilganligi bilan ahamiyatli ekanligi taʼkidlab ötildi.
Ş.YaNGIBOYeVA, ÖzMTDP tuman Kengaşi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶