ÖĞRILIK FAOLIYaTIGA ÇEK QÖYILDI
Oramizda şunday insonlar ham borki, ular halol mehnat bilan emas, balki yengil-yelpi, nopok harakatlar bilan daromad topişni, hatto boyib ketişni ham orzu qiladilar.
Hamyurtimiz Rasulov Sardor Bahrom öğli (ism, familiyalari özgartirilgan) qirçillama yigitlik yoşiga yetganida ham tengqurlari qatori dalada yoki korxona va taşkilotlarda mehnat qilib daromad topişni, şu yöl bilan oilasini boqişni niyat qilmadi. Yotsa ham, tursa ham uning xayolida osongina pul topib, boyib ketiş orzusi paydo böldi, xolos. Mana şunday xunuk orzu-havas uni jinoyat botqoğiga yetakladi.
U qişloqda yaşaganligi bois odamlarning qoramollari kunduzi ham, tunda ham dalada, ekindan böşagan maydonlarda boğliq turişini yaxşi bilardi.
U dastlabki “faoliyati”ni 2017-yilning 25-iyun tongida köz ostiga olib qöygani – hamqişloği M.Xolboyevning bahosi 2 mln. 700 ming sömlik bir boş qoramolini öğirlab Manğit mol bozoriga yetaklaşdan boşladi. Bozorda u molni fuqaro I.Yerimbetovga 1 mln. 400 ming sömga “pulladi”.
Örgangan köngil örtansa ham qöymas, deganlaridek, Sardor Rasulov öz “faoliyati”ni yana davom ettirişga qaror qildi va 2017-yilning 3-sentyabr tongida hamqişloği Q.Matyoqubovning bahosi 2 mln. 500 ming söm turadigan bir boş molini Manğit çorva bozoriga yetakladi.
Ammo bu qoramol Sardorning şum niyatini sezdi şekilli, unga böysunmasdan qoçib ketişga muvaffaq böldi. Şunday qilib bu gal Sardor öz niyatiga erişa olmadi.
Oradan köp ötmay Sardor Rasulov yana “ov”ga çiqdi. U 2017-yilning 7-sentyabr tongida yana bir hamqişloği A.Karimovga tegişli bölgan, bahosi 1 mln. 500 ming sömlik bir boş qoramolni Manğit mol bozoriga yetakladi. U bu molni fuqaro X.Xudoyorovga bir million sömga sotib yubordi.
“Köza kunda emas, kunida sinadi” deganlari haq gap ekan. Kunlardan bir kuni öğrilikni öziga kasb qilib olgan Sardor Rasulovning ğayriqonuniy faoliyatiga çek qöyildi. U huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.
Öğirlik yöli bilan daromad topib, oilasini boqişni va şu yöl bilan boyib ketişni orzu qilgan Sardor Rasulovning jinoyat işi 2018-yilning 24-yanvar kuni Jinoyat işlari böyiça tuman sudining oçiq majlisida körib çiqildi.
Jinoyatga jazo muqarrar, deyişadi. Şu boisdan ham sud fuqaro Rasulov Sardor Bahrom öğlining jinoiy harakatlariga munosib baho berdi.
Z.IDIYeTULLAYeV,
tuman prokurorining yordamçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶