Uyingizdagi gaz jihozlari va mörikonlar sozmi? Taʼmirlatiş uçun yonğinga qarşi kuraşiş jamiyatining tuman hududiy bölinmasiga qönğiroq qiling!
Kuz-qiş mavsumida isteʼmolçilarning tabiiy gaz jihozlaridan töğri foydalanişlari mehim masala sanaladi. Nosoz va qölbola uskunalarni işlatiş inson soğligi va hayoti uçun katta xavf tuğdiradi. Navbatdagi lavhamiz şu maqsadda ötkazilayotgan profilaktik işlar xususida.
Qişda yoğingarçilik kunlari boşlanib, havo harorati pasayib boradi. Biz xonadonlarimizni isitiş çoralarini köra boşlaymiz. Elektr isitiş asboblari, tabiiy gaz tarmoqlari yoki yoqilğining boşqa turlaridan foydalanamiz. Lekin, isitiş tizimlari mavsumga şay holatdami? Isitiş asboblari, peçlar, tabiiy gaz tarmoqlari işlatiş uçun xavfsizmi? Mörikonlar tozami? Mana şu kabi savollarga javob izlaşni esa köpçilik hollarda unutib qöyamiz.
Tabiiy gazning töliq yonmasligi, bexosdan uzilib qolişi, xona içida töplanişi, yoqib qarovsiz qoldiriş, ulaşda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida portlaş, yonğin, hamda tabiiy va is gazidan zaharlaniş holatlari bilan boğliq favqulodda vaziyatlar sodir bölişi mumkin. Afsuski, bu hol insonlarning turli xil tan jarohati olişi yoki ölimi bilan yakunlanadi.
Özbekiston Yonğinga qarşi kuraşiş jamiyatining tuman hududiy bölinmasi xodimlari tomonidan uşbu holatlarning kelib çiqiş sabablari va manbalari örganilib, tahlil qilinganida fuqarolarning tabiiy gazdan notöğri foydalanişi, nazoratsiz qoldirişi, isitiş qurilmalari, gaz gorelkalarining buzilişi, trubalar ulangan joyning teşilişi natijasida gaz çikib ketganida zaxarlaniş hamda sörib oliş moslamalarining işlatişi sababli röy berayotgani aniqlanmoqda. Bundan taşqari, peçka bilan isitiladigan xonalarda möri tölib qolganida va yonğin vaqtida yopiq, tutunli xonalarda qolgan şaxslarda ham zaharlaniş holatlari kuzatiladi. Mörikonlarni yozda töla berkitib qöyib, isitiş vaqtida oçmaslik xonaga is gazining tölişiga olib keladi.
Is gazi xonadonlarimizda foydalaniladigan tabiiy gazning töliq yonmasligi, kömir va organik moddalarning çala yonişidan hosil böladigan gazdir. U inson organizmining nafas yöllari va aʼzolariga kuçli taʼsir qiladi. Organizmni, xususan, markaziy asab tizimini zararlaydi.
Zaharlaniş uning havodagi miqdori va taʼsir muddatiga qarab yengil, örta va oğir darajada böladi. Bunday hollarda boş qattiq oğriydi, aylanadi. Qayt qiliş, huşdan ketiş kuzatiladi hamda nafas oliş sekinlaşadi. Baʼzan ölimga olib keladi.
Birinçi yordam körsatiş uçun, avvalo, zaharlangan kişini zudlik bilan toza havoga olib çiqiş zarur. Yuzaki nafas olişda yoki nafas oliş töxtab qolganida sunʼiy nafas oldiriş lozim. Bemor huşida bölsa, tananing yuqorisi qisib turuvçi kiyimlardan böşatiladi, issiq çoy va qahva içiriladi.
Şuni eslatib ötmoqçimizki, xonada tabiiy gaz yiğilib qolganida zudlik oyna va derazalarini oçib, şamollatiş, elektr jihozlarini yoqmaslik, yoqiq bölsa öçirmaslik, gaz jömraklarini berkitiş, berkitişning iloji bölmasa yoki yorilgan, singan va teşilgan joylar aniqlansa, gaz taʼminoti avariya xizmatiga xabar beriş lozim. Tabiiy va is gazidan zaharlaniş yuz bersa zaharlangan kişiga birinçi tibbiy yordam körsatiş, 103 telefon raqami orqali “Tez tibbiy yordam”ga, 104 telefon raqami orqali gaz taʼminoti xizmatiga, 1050 telefon raqami orqali Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining Qutqaruv xizmatiga murojaat qilişni yodda tutiş zarur.
Aholini tabiiy va is gazidan zaharlanişining oldini oliş tadbirlari nafaqat mutassadi taşkilot, idoralar hamda xizmatlar tamonidan balki, har bir xonadon egalari va barça fuqarolar tamonidan amalga oşirilişi lozim.
Ayni kunlarda Özbekiston Yonğinga qarşi kuraşiş jamiyatining tuman hududiy bölinmasi xodimlari tomonidan xonadonlarda pullik asosda gaz jihozlarini körikdan ötkaziş, sozlaş, mörikonlarni va dudböronlarni tozalaş işlari amalga oşirilmoqda. Agar Siz ham bu xizmatda ehtiyoj sezsangiz, jamiyatning 93 619 97 79 raqamli telefoniga qönğiroq qilib, buyurtma berişingiz mumkin. Şu örinda barça yurtdoşlarimizni gazdan zaharlaniş va çaqnaş bilan boğliq favqulodda vaziyatlarning oldini olişda ogohlik va faollikka çaqiramiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶