FUQAROLAR YIĞINI RAISINING VAKOLAT MUDDATI UÇ YILGA UZAYTIRILDI
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi tomonidan 2018-yil 21-sentyabrda “Fuqarolar yiğini (oqsoqoli) saylovi töğrisida”gi Qonun qabul qilindi va 2018-yil 27-sentyabrda Senat tomonidan maʼqullandi.
Parlament quyi palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunçilik taşabbusi huquqi asosida kiritilgan “Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi qizğin bahs va munozaralardan keyin qabul qilingan. Uşbu Qonun loyihasi muhokamasi paytida taʼkidlanganidek, mazkur Qonun fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovida iştirok etiş böyiça fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oşirişga qulay şaroit yaratiş, saylov jarayonining oçiqligi va şaffofligini yanada oşiriş maqsadida işlab çiqilgan.
Yangi Qonunga asosan endilikda fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) fuqarolar yiğini tomonidan, fuqarolar yiğinini çaqiriş imkoni bölmagan taqdirda esa fuqarolar vakillarining yiğilişi tomonidan saylanadi. Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli)ning vakolat muddati ilgari ikki yarim yil bölgan bölsa, bu norma endilikda uç yilga uzaytirildi.
Saylovlarda fuqarolarning vakillari böliş uçun taşkilotçilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi örtasida obrö-eʼtiborga ega böliş kerakligi qayd etildi. Endilikda bu vakillarning soni saylovda iştirok etiş huquqiga ega bölgan fuqarolar umumiy sonining kamida 12 foizini taşkil etişi kerak böladi. Bunda har bir hududning aholisi soni inobatga olinadi.
Yangi Qonunga köra, endilikda saylovlarni taşkil etiş va ötkaziş masalasi bilan Respublika darajasidagi Oliy Majlis Senati Kengaşining komissiyasi emas, balki alohida tuziladigan fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovini taşkil etiş hamda ötkazişga kömaklaşuvçi Respublika komissiyasi şuğullanişi belgilandi. Uning tarkibiga parlament quyi palatasi deputatlari, Senat aʼzolari, tegişli davlat organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari, ilmiy muassasalar va boşqa taşkilotlar vakillari kiritiladi.
Saylovlar paytida fuqarolarning öz xohiş-istaklarini erkin bildirişlariga taʼsir etiş imkoniyatini qoldirmaslik maqsadida fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovlarida faqat yaşirin ovoz beriş tizimi örnatildi.
Yana bir muhim jihat, uşbu saylovlarning şaffof va oşkoraligini taʼminlaş maqsadida, Qonunda fuqarolar yiğini raisi saylovini taşkil etiş va ötkaziş, saylov ötkaziladigan sana, vaqt va joy, fuqarolar yiğini raisi (oqsosoli) lavozimiga nomzodlar töğrisidagi axborot Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar fuqarolarining özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça kengaşlarining rasmiy veb-saytlariga saylov ötkazilişidan kamida beş kun oldin joylaştirilişi belgilangan.
Işonçimiz komilki, mamlakatimizda 2019-yilning may oyida ötkazilişi belgilangan fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovlari bizning tumanimizda ham yangi Qonunga muvofiq yuksak demokratik tamoyillar va aholining faolligi, birdamligi asosida ötadi.
Aşirboy QÖŞAYeV, fuqarolarning özini özi boşqariş
organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça
tuman Kengaşi raisining birinçi örinbosari,
“Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶