XUSUSIY BANDLIK AGENTLIKLARI XORIJDA HAM KAFOLATLI IŞ BILAN TAʼMINLAYDI
Mamlakatimizda aholi soni ortayotgan bir paytda yangi iş örinlariga tobora köp ehtiyoj sezilayotgani tufayli davlatimiz tomonidan bandlikni taʼminlaşga, munosib iş örinlari va şaroitlarni yaratişga, aholining real daromadlarini oşirişga qaratilgan qator taşkiliy-huquqiy çoralar körilmoqda.
Bu boradagi qonunçilikni yanada takomillaştiriş, aholi bandligini taʼminlaş borasida körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş, respublika mehnat bozori infratuzilmasini yaxşilaş, pirovardida aholi daromadlari va turmuş sifatini yuksaltiriş maqsadida Hukumat tomonidan “Xususiy bandlik agentliklari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Qonun asosida xususiy bandlik agentliklari faoliyatining printsiplari va Qonunning amal qiliş doirasi aniq körsatib berilgan. Qonuga köra xususiy bandlik agentliklari yuridik yoki jismoniy şaxslar tomonidan tuziladi va Davlat xizmatlari markazlarida davlat röyxatidan ötadi.
Şuningdek, xususiy bandlik agentliklari xizmatlarining asosiy turlari ham körsatilgan. Bu xizmatlarga iş qidirayotgan şaxslarga yurtimiz hududida mos keladigan iş topiş, iş beruvçilar uçun kadrlarni tanlaş, çet elda iş izlayotgan şaxslarni işga joylaştiriş, mehnat bozorida axborot va maslahat xizmatlari körsatiş kabilar kiradi.
Undan taşqari, iş qidiruvçilarni xorijda işga joylaştiriş böyiça xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tartibga soluvçi meʼyorlar ham hujjatdan örin olgan. Çet mamlakatlarda mehnat bozorini örganiş, iş beruvçilarni topiş, ular bilan muzokaralar yuritiş, bu borada şartnomalar tuziş ana şu qoidalar sirasiga kiradi.
Mazkur Qonun çet elda mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan şaxslarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralarini ham qatʼiylaştirdi. Yaʼni, respublika hududidan taşqaridagi işni qidirayotgan şaxslarga xizmat körsatiş uçun agentlik Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi fuqarolarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasiga 50 ming AQŞ dollari miqdorida zahira mablağlarini kiritadi va bu böyiça öz faoliyatini Qonunga muvofiq amalga oşiradi.
Agentlikning aholini çet elda iş bilan taʼminlaş böyiça faoliyati Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oşiriladi. Vazirlik bunday agentliklar reyestrini yuritadi, litsenziya beradi, uni qayta rasmiylaştiradi, amal qilişini töxtatadi, qayta tiklaydi va bekor qiladi. Qonunda vazirlikning litsenziya beriş bilan boğliq siyosatining oçiqligi va şaffofligini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilgan.
Mazkur Qonunning amaliyotga tatbiq qilinişi natijasida aholini iş bilan taʼminlaş jarayonida raqobat muhiti vujudga keladi, bu bilan boğliq xizmat sifati oşadi. Iş beruvçilarga ham, iş qidirayotgan şaxslarga ham bandlikni taʼminlaş jarayonida keng imkoniyatlar yaratadi. Şu bilan birga fuqarolarni çet ellarda işga joylaştiriş bilan boğliq munosabatlarda jismoniy şaxslarning noqonuniy faoliyatlariga çek qöyiladi.
Eng muhimi, fuqarolarimiz böş iş örinlari töğrisida oçiq va haqqoniy maʼlumotga ega böladilar. Bu esa sohada korruptsiyaviy holatlarni bartaraf etişda juda katta ahamiyat kasb etadi.
Muqaddas BEKNAZAROVA,
O’zLiDep tuman Kengaşi apparat rahbari,
Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶