OITS – TUBSIZ ÇOH, UNDAN OGOH BÖLING!
OIV infektsiyasi odamning immunitet tanqisligi virusi yuqqanligi oqibatida kelib çiqadigan surunkali yuqumli kasallik, OITS – orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi kasallikning öziga xos belgilari şakllangan davri, OIV infektsiyasining sönggi bosqiçidir.
Kasallik manbai bemorlar va odam immuniteti tanqisligi virusini taşib yuruvçi şaxslar hisoblanadi. Epidemiologik jihatdan virus taşib yuruvçilar bemorlarga nisbatan ham xavfliroqdir. Çunki ular kasallikning yaşirin davrida heç qanday kasallik alomatlarini sezmaydilar, hatto özida OIV virusi borligini bilmaydilar. Ular kasallikning yaşirin davrida (bu muddat 3-6 oydan 10-yilgaça ham davom etişi mumkin) boşqa şaxslarga kasallik virusini turli yöllar bilan yuqtirişi mumkin.
Tuman Tibbiyot birlaşmasining köp tarmoqli markaziy poliklinikasida faoliyat körsatayotgan Respublika OITSga qarşi kuraşiş markazining tumandagi laboratoriyasi xodimlari şifokorlar bilan hamkorlikda uşbu kasallik tarqalişining oldini oliş borasida köplab çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda.
Laboratoriyada bir nafar laborant-şifokor, ikki nafar laborantlar olingan qon tahlillarini öz vaqtida haqqoniy tekşirib, natijalarini maʼlum qilişmoqda. Bu yerda asosan homiladorlar röyxatiga turayotganlar, nikoh oldi tibbiy tekşiruvdan ötayotganlar, çet davlatlarda bölib qaytganlar, markaziy kasalxonada davolanayotgan bemorlardan olingan qon tahlillari zamonaviy ilğor texnologiyalar asosida tekşiriladi.
Har kuni 80 ta qon tahlillarini tekşiriş imkoniyatiga ega laboratoriyada olingan tahlillarda OIV infektsiyasi aniqlansa, şu odam qayta tekşiruvga jalb etiladi va qon tahlili Nukus şahridagi Respublika OITSga qarşi kuraşiş markaziga yuboriladi. Kasallik aniqlangan odam davolanişga jalb etiladi.
OIV infektsiyasiga qarşi tekşiruvlar natijasi mutlaqo maxfiy va bepul amalga oşiriladi hamda kasallikka çalinganlar bepul dori vositalari bilan taʼminlanadilar.
Men xizmat jarayonimda qon tahlilida OIV infektsiyasi aniqlangan fuqarolarga bu haqda maʼlum qilganimizda qanday dahşatga tuşişlariga guvoh bölaman. Va taʼkidlamoqçimanki, soğlom, baxtiyor yaşaş ham har kimning öziga boğliq.
Xuşröy ERMATOVA, Respublika OITSga qarşi kuraşiş markazining
tumandagi laboratoriyasi şifokor-laboranti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶