Telekommunikatsiya tarmoğidan qonunga xilof ravişda foydalaniş maʼmuriy javobgarlikka sabab böladi
2018-yil 22-oktyabrda “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi ÖRQ-503-son Özbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi
Mazkur qonun bilan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga, Jinoyat-protsessual kodeksiga hamda Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Jumladan: Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining:
278(3)-moddasi «Kompyuter tizimidan» degan sözlardan keyin «şuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan» degan sözlar bilan töldirildi.
Kompyuter tizimidan şuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridan qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) foydalaniş uçun maxsus vositalarni ötkaziş maqsadini közlab tayyorlaş yoxud ötkaziş va tarqatiş eng kam oylik iş haqining ikki yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki bir yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.
Öşa harakatlar:
a) bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) xizmat mavqeidan foydalangan holda;
g) uyuşgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini közlab sodir etilgan bölsa, —
eng kam oylik iş haqining ikki yuz baravaridan uç yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki bir yildan uç yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanişi belgilab qöyildi.
Yangi 278(7)-moddasi kiritildi. Telekommunikatsiya tarmoğidan qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) foydalaniş
Örnatilgan himoya tizimlarini çetlab ötgan holda telekommunikatsiya tarmoğidan foydalaniş va xalqaro trafikni ötkaziş maqsadida telekommunikatsiya tarmoğidan qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) foydalaniş, şuningdek mazkur maqsadlar uçun möljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) saqlaş va ularning faoliyat körsatişi uçun şaroitlar yaratiş —
eng kam oylik iş haqining yuz baravaridan uç yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Öşa harakatlar:
a) bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) xizmat mavqeidan foydalanib;
g) uyuşgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini közlab sodir etilgan bölsa, —
eng kam oylik iş haqining uç yuz baravaridan olti yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 345-moddasi beşinçi qismi «278 moddasi ikkinçi va törtinçi qismlarida» degan sözlardan keyin «2787-moddasi ikkinçi qismida» degan sözlar bilan töldirildi;
381-2 moddasi birinçi qismining 1-bandi «278-1-278-6-moddalarida» degan sözlardan keyin «278(7)-moddasi birinçi qismida» degan sözlar bilan töldirildi.
Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga: «Telekommunikatsiya tarmoğidan qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) foydalaniş» mazmunidagi 155(2)-moddasi kiritilgan.
Telekommunikatsiya tarmoğidan qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) foydalaniş
Telekommunikatsiya tarmoğidan qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) foydalaniş, jinoyat alomatlari mavjud bölmagan taqdirda:
- huquqbuzarlik sodir etiş qurolini musodara qilib, fuqarolarga eng kam iş haqining ön baravaridan yigirma baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa — yigirma baravaridan ellik baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
245-moddaning birinçi qismi «155(1)» raqamidan keyin «155(2)» raqami bilan töldirildi.
X.Alleyov, Özbekiston Respublikasi Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat böyiça davlat inspektsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy inspektsiyasi yetakçi inspspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶