“Taraqqiyot közgusi” va “Mening oilam” gazetalariga nima uçun obuna böliş kerak?
Keyingi vaqtlarda vaqtli matbuot naşrlarida, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda “davriy bosma naşrlarning umri tugadi” qabilida köplab fikr-mulohazalar bildirilmoqda. Ayniqsa, elektron ommaviy axborot vositalari xodimlari hamma tezkor axborotlar ijtimoiy tarmoqlarda yoritilmoqda, matbuot naşrlariga ehtiyoj qolmadi, örnini internet jurnalistika egallab oldi, deyişgaça borişmoqda.
Töğri, bular mamlakat miqyosidagi davriy naşrlarga nisbatan aytilgan fikr. Biroq men özim 34-yildan beri mehnat qilayotgan “Taraqqiyot közgusi” gazetasi ham davriy naşrga mansubligi uçun öz fikrlarimni aytgim keldi. Şu örinda avvalo bizning tahririyatimizda joriy yilda amalga oşirilgan işlarga töxtalsam. Yil boşida 7 mingga yaqin nusxada, yil oxirlagan ayni kunlarda 5472 nusxada, oyda tört marta bosilib, deyarli töliq tahririyatning öz kuçi bilan hali “tafti sovimay” tarqatilib turgan gazetamizning tumanimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida ham öz örni bor. Gazeta ijodkorlari gazetadan taşqari özlarining taşabbusi bilan taşkil etilgan yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlovçi “Jayxun ilhomlari” NNT, gazeta qoşida taşkil etilgan “Jayxun sadosi” internet radiosi, ayni kunda kitob fondi tört mingga yaqinlaşgan kutubxona, Amudaryo televideniyesi faoliyatini samarali olib boriş bilan birga, “Ommaviy kitobxonlik oyligi” taşkil etib, oylik doirasida 16 ta maktab, kollejlarda köçma kitob karvoni tadbirlari ötkazişdi va har bir tadbirda kutubxona kitoblari körgazmasi namoyiş etildi, xohlovçilar kutubxonaga aʼzo qilindi.
Tumanimizda ötkazilayotgan turli tadbirlarda kitoblarimiz körgazmasini taşkil etib, aholi, ayniqsa, yoşlarni kitob öqişga daʼvat etmoqdamiz.
Gazetada yil mobaynida tört marta inşolar tanlovi ötkazilib, ğoliblar rağbatlantirildi va ijodiy işlari gazetada yoritildi. Gazetaning deyarli har bir sonida yoş ijodkorlar ijodidan namunalar örin olgan maxsus sahifa bor. Şuningdek, tumandagi yoş ijodkorlarning törtta töplami naşr etildi. Bulardan taşqari, bugungidek tezkor davrda tumanimizda bölayotgan yangilanişlar, rivojlanişlar, erişilayotgan yutuqlardan aholini xabardor qilib, har birining mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega bölişiga intilmoqdamiz.
Joriy yilning özida tuman hokimligi va “Taraqqiyot közgusi” gazetasi hamkorligida tumanning beşta hududida “Xalq kutubxonalari” taşkil etildi. Bular ham yoşlarimiz, aholi ongida soğlom fikrni tarbiyalaşga, ularning hayotda öz örnini topişlariga xizmat qiladi.
Endi yuqoridagi aytganim – davriy bosma naşrlar xususidagi fikrlarga kelsak: Gazeta – heç qaçon ölmaydi. Men internet jurnalistikaning tezkorligini, tarqatiş imkoniyatining yuqoriligini kamsitmagan holda, gazetalarning örnini heç qanday vosita bosa olmaydi, degim keladi. Boisi, heç qaysi ijtimoiy tarmoqlarda öqigan maqolangiz – gazetani qölingizga olib, batafsil öqiganda olgan taassurotni bera olmaydi. Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarning matni sayoz, imlo xatolari köp. Saytlarning köpida deyarli bir xil xabarlar. Masalan biron YTH yoki boşqa hodisa haqida hamma sayt bir xabarni beradi. Gazetalarda bu holni deyarli uçratmaysiz. Internet-naşrlarda xabarlar, voqealar asosan batafsil emas, qisqagina beriladi. Bularning içida öz tasdiğini topmaganlari ham köp uçraydi. Biron xabar öqigan saytingiz ertasiga bunday emas ekan, deb yozaveradi. Internet naşrlar köproq sensatsiyaga intilişayotganday, nazarimda.
Öylaymanki, qariyb 84-yildan beri qadim Jayxunning qöş sohilida joylaşgan tumanimizning xalqi bilan hamnafas, hamqadam bölib kelayotgan “Taraqqiyot közgusi” sahifalarini varaqlagan kişi tezkor davrning öz zimmasiga qöyayotgan maqsad-vazifalarini şaraf bilan ado etayotganini his qiladi.
Qaysi bir amudaryolik özining kimligini, qanday el farzandi ekanligini bilmoqçi bölsa, “Taraqqiyot közgusi”ni varaqlasin. Unda betakror tariximiz mujassam. Uni heç narsaga almaşib bölmaydi! Şunday ekan, 2015-yilda “Özbekistonning eng yaxşi hududiy naşri” sifatida eʼtirof etilgan “Taraqqiyot közgusi” va uning ilovasi “Mening oilam” gazetalariga 2019-yil uçun obuna bölişga şoşiling!
Agar 3-4 kunlik iş haqingiz evaziga gazetamizga obuna bölsangiz, yil davomida mamlakatimiz va tumanimiz hayotidagi özgariş va yangiliklar bilan tanişib borasiz. Öz navbatida internetda tumanimiz nomini dunyoga tanitayotgan veb-saytimiz, internet radio va Amudaryo televideniyesining ham uzluksiz işlaşiga hissa qöşgan bölasiz.
Oygul RAJABOVA, gazetaning maxsus muxbiri:

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶