YaNGI TAHRIRDAGI SOLIQ KODEKSI LOYIHASI JAMOATÇILIK TOMONIDAN KENG MUHOKAMA QILINMOQDA
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida yangi tahrirdagi Soliq Kodeksining loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. Quyida yurtdoşlarimizning loyiha haqidagi fikrlarini eʼtiboringizga havola qilamiz.
Botir Kamolov, tuman Davlat Soliq inspektsiyasi boşliği:
Yangi Kodeksga köra, davlat soliq xizmati organlari – Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi, Yirik soliq tölovçilar böyiça hududlararo davlat soliq inspektsiyasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar davlat soliq boşqarmalari, şuningdek, tumanlar, şaharlar va şahardagi tumanlar davlat soliq inspektsiyalari, bojxona organlari – Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi, Davlat bojxona qömitasining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahri böyiça boşqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari, moliya organlari – Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklarining moliya boş boşqarmalari, tuman va şahar hokimliklarining moliya bölimlari hamda boşqa majburiy tölovlarni undiriş vazifasini amalga oşiruvçi davlat organlari va taşkilotlari vakolatli organlar hisoblanadi.
Soliq tölovçilar va vakolatli organlar soliq munosabatlarining subʼektlaridir. Loyihada soliq qonunçiligi majburiylik, aniqlik, soliq solişning adolatliligi, soliq tizimining birligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq qonunçiligining oşkoraligi va soliq tölovçi töğriligining prezumptsiyasi printsiplariga asoslanişi körsatib ötilgan. Soliq töğrisidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bölmaydigan barça qarama-qarşiliklar va noaniqliklar soliq tölovçining foydasiga talqin qilinadi.
Muqaddas BEKNAZAROVA, xalq deputatlari tuman Kengaşining mahalliy byudjetni şakllantiriş va uni ijro etiş, iqtisodiy islohotlarni amalga oşiriş hamda tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça doimiy komissiyasi raisi:
Yangi tahrirdagi Soliq Kodeksi loyihasida qayd etilganidek, har bir şaxs uşbu Kodeksda belgilangan soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni tölaşga majburdir.
Heç kimga uşbu Kodeksda nazarda tutilmagan yoxud uning meʼyorlarini buzgan holda örnatilgan soliq va boşqa majburiy tölovlarni tölaş majburiyati qöyilmaydi. Soliqlar va boşqa majburiy tölovlar aniq bölişi kerak. Soliq töğrisidagi qonun hujjatlari şunday şakllantirilişi kerakki, bunda har bir soliq tölovçi qanday soliq va boşqa majburiy tölovlarni, qaçon, qança miqdorda va qanday tartibda tölaşi lozimligini aniq bilişi kerak.
Agar uşbu Kodeksda boşqaça tartib nazarda tutilgan bölmasa, soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni örnatişda soliq tölovçilar, şuningdek, soliqlar va boşqa majburiy tölovlar elementlarini aniqlaş zarur. Bundan taşqari, soliq soliş umumiy bölişi kerakligi, soliqlar va boşqa majburiy tölovlar böyiça imtiyozlarni örnatiş ijtimoiy adolat tamoyillariga muvofiq bölişi lozimligi ham aytilgan, soliqlar va boşqa majburiy tölovlar böyiça imtiyozlar berişning alohida turlariga ruxsat berilmasligi qayd etilgan.
Eʼtiborli jihati, soliqlar va boşqa majburiy tölovlar kamsituvçi xarakterga ega bölmasligi hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va şunga öxşaş boşqa mezonlarga muvofiq qöllanilişi mumkin emasligi, soliq tizimi barça soliq tölovçilarga nisbatan Özbekiston Respublikasi hududida bir xil bölişi kerakligi qatʼiy belgilangan.
Tamara Yusupova, “Tamara textil” MÇJ rahbari, tadbirkor:
Yangi tahrirdagi Soliq Kodeksi loyihasida soliq tölovçilarning huquqlari töliq körsatib ötilgan. Unga köra, soliq tölovçilar davlat soliq xizmati organlari va boşqa vakolatli organlardan amaldagi soliqlar, boşqa majburiy tölovlar, soliq töğrisidagi qonun hujjatlariga kiritilgan özgartişlar töğrisida maʼlumot oliş huquqiga ega. Şuningdek, davlat soliq xizmati organlari va boşqa vakolatli organlardan öz soliq majburiyatlarini bajariş böyiça mavjud bölgan maʼlumotlarni oliş, soliq masalalari böyiça öz manfaatlarini şaxsan yoki öz vakili orqali ifodalaş vakolatiga va boşqa huquqlarga ega ekanligi körsatilgan.
Muhokama jarayonidagi takliflar asosida loyiha yanada takomillaştirilib, ayniqsa, tadbirkorlar uçun köproq qulaylik yaratilişiga eʼtibor qaratilsa, mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanişiga ijobiy taʼsir körsatişi şubhasizdir.
Ozoda Xudoyberganova tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶