21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 20:45
Qishloq xoʻjaligi 👁 1,795

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev “Oʻzbekiston Pespublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev “Oʻzbekiston Pespublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Amudaryo tumani mirishkor dehqonlar va ishbilarmon fermerlar yurti. Oʻn yillar mobaynida qishloq xoʻjaligida oʻziga xos tizim shakllangani, sohada ishning toʻgʻri yoʻlga qoʻyilgani va dehqon hamda fermerlarning zahmatli mehnatlari natijasida Amudaryo tumani paxtachilik va gʻallachilik sohasida Oʻzbekiston Pespublikasi miqyosida yetakchi tumanlar safida kelmoqda.

Amudaryolik fermerlar bu yil ham ushbu anʼanaga sodiq qolgan holda katta mehnat zafarlarini qoʻlga kiritib, navbatdagi qishloq xoʻjaligi yilini yorugʻ yuz bilan yakunlamoqdalar.

Yilning dastlabki xirmonini pillakorlarimiz bunyod qildilar. Tuman boʻyicha 163,3 ming tonna pilla yetishtirilib, davlat buyurtmasi 100 foizga bajarildi. Amudaryolik pillakorlar topshirgan hosil Qoraqalpogʻiston Pespublikasida yetishtirilgan pillaning salkam uchdan bir qismini tashkil qildi.

Tumanimiz gʻallakorlari shu yil 26-iyun kuni mehnat zafarini qoʻlga kiritib, davlat shartnomaviy rejalarini Qoraqalpogʻistonda birinchilardan boʻlib bajardilar. Yalpi hosil xirmoni 12,6 ming tonnadan, gʻalla yetishtirishdan olingan daromad esa 4 mlrd. 147 mln. soʻmdan oshdi. Yetishtirilgan hosilning 6 ming 83 tonnasi davlat xazinasiga topshirildi, qolgan qismi esa fermerlar va xoʻjalik ishchilari oilasi ixtiyorida qoldi. Tumanimizdagi 180 ta fermer xoʻjaliklari gektaridan 60-65 tsentnerdan hosil olishga erishdilar.

Paxtakorlarimiz esa 15 ming 550 gektar daladan 34 ming tonnadan ortiq hosil olib, davlat oldidagi yillik shartnomaviy rejalarini Oʻzbekistonda birinchilar qatori ortigʻi bilan bajardilar. Hosilning asosiy qismi birinchi navga topshirilgani esa fermerlarimizning yuqori daromad olishini taʼminladi.

Muhtaram Prezidentimiz shu yilning 15-16-noyabr kunlari Qoraqalpogʻistonga tashrifi davomida Pespublika faollari bilan uchrashuvida amudaryoliklarni mehnatdagi bu yutuqlari bilan samimiy tabriklab, tuman rahbariyatining xizmatlarini alohida eʼtirof etgan edi.

Yurtimiz boʻylab Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni va Hosil bayrami keng nishonlanayotgan shu kunlarda bir guruh amudaryolik faollar, shu jumladan, 4 ta sektor rahbarlari Oʻzbekiston Pespublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan “Oʻzbekiston Pespublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlanishi bu eʼtiroflarning amaliy isboti boʻldi.

Aytish kerakki, Amudaryo tumanida barcha sohalar qatorida qishloq xoʻjaligi ham jadal surʼatlarda rivojlanmoqda. Bugungi kunda tumanda 548 ta fermer xoʻjaliklari faoliyat yuritmoqda. Ularning 499 tasi paxtachilik va gʻallachilik, 15 tasi chorvachilik, 5 tasi parrandachilik,  19 tasi bogʻdorchilik, 5 tasi uzumchilik va 5 tasi sabzavotchilik sohalarga ixtisoslashtirilgan.

Tuman hokimi S.Yoʻldashevning qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini oshirishga qaratayotgan eʼtibori natijasida yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha 2016-2018-yillar davomida umumiy qiymati 15 mlrd. 829,8 mln. soʻmlik uzunligi  524 km boʻlgan kollektor va kanallarda  taʼmirlash-tiklash va rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi.

S.Yoʻldashevning bevosita saʼy-harakatlari natijasida Xitoy  Xalq Pespublikasidan grant asosida 2 ta zemnasos, 1 ta buldozer va 1 ta ekskavatorlar olib kelindi. Ushbu suv texnikalari ekin maydonlariga suv yetkazib beruvchi “Shixjamol”, “Chigʻir”, “Yerlan atau”, “Toshyop” nasos stantsiyalari joylashgan kanallarni qazish ishlarida muhim ahamiyat kasb etdi va tumanda qishloq xoʻjalik ekinlarini kafolatli suv bilan uzluksiz taʼminlash, yerlar hosildorligini hamda fermer xoʻjaliklarining daromadlarini oshirishga xizmat qilmoqda.

2016-2018-yillarda tumandagi qishloq xoʻjaligi korxonalari va fermerlari tomonidan 111 ming tonnadan ortiq paxta yetishtirilib, hosildorlik gektaridan oʻrtacha 23,5 tsentnerni tashkil qildi.

Ushbu davr mobaynida yalpi gʻalla ishlab chiqarish 38 ming 355 tonnani tashkil qilib, hosildorlik gektaridan oʻrtacha 42,6 tsentnerga yetdi. Davlatga gʻalla topshirish boʻyicha yillik shartnomaviy rejalar har yili 150-160 foizga bajarilib, oxirgi 3-yil davomida 22 ming 210 tonna, yaʼni rejadan 5 ming 620 tonna ortiq gʻalla yetishtirib berildi.

Pillachilik sohasi ham izchil rivojlanmoqda. 2016-2018-yillarda tumanda 695,9 tonna pilla yetishtirildi.

Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda ijobiy natijalar qoʻlga kiritilib, 2016-2018-yillarda 31,2 ming tonna goʻsht, 120,6 ming tonna sut mahsulotlari, 111,9 mln. dona tuxum yetishtirildi.

2018-yilda tumandagi naslchilikkka ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklari tomonidan boqib koʻpaytirilayotgan  zotdor mollardan aholiga kam foizli kreditlari hisobiga 250 boshdan koʻproq naslli qoramollar yetkazib berilgani esa nasldor chorva mollarini koʻpaytirish, aholini yetarli miqdorda goʻsh va sut mahsulotlari bilan taʼminlashda katta samara bermoqda.

Tumandagi fermer xoʻjaliklarining moddiy texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 2016-2018-yillarda lizing asosida  umumiy qiymati 5,6 mlrd soʻmlik 108 ta texnikalar va qishloq xoʻjaligi agregatlari, kredit asosida umumiy qiymati 5 mlrd. 608 mln. soʻmlik boʻlgan 30 ta turli xildagi texnikalar hamda “Amudaryo MTP” MChJga fermer xoʻjaliklarga texnik xizmat koʻrsatishni yanada yaxshilash maqsadida 5 mlrd. soʻm bank krediti hisobiga jami 14 ta surim va ishlov berish traktorlari olib kelindi.

S.Yoʻldashevning saʼyi-haraktlari bilan tumandagi “Mangʻit Invest plyus” MChJ shaklidagi qoʻshma korxonasi tomonidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hisobidan 487 ming AQSh dollari miqdorida valyutada kredit mablagʻi ajratilib, 1 gektar maydonda zamonaviy issiqxona tashkil etildi.

Tuman aholisini sifatli va arzon qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida 2400 tonna zamonaviy muzlatkichli sigʻimlar tashkil qilinib, joriy yilga belgilangan 2435 tonna zahira miqdorini, yaʼni 888 tonna  kartoshka, 639 tonna  piyoz, 291 tonna  sabzi hamda 617 tonna guruch mahsulotlari kuz-qish mavsumiga gʻamlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Mehnatsevarligi, bilimi va talabchanligi bilan tumanimiz, shu bilan birga mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan tumanimiz hokimi S.Yoʻldashevni, amudaryolik “Oʻzbekiston Pespublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni sohiblarini va barcha dehqon-u fermerlarni, tomorqachi va pudratchilarni, sohaga aloqador barcha yurtdoshlarimizni Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni hamda Hosil bayrami bilan samimiy tabriklaymiz! Fidoyi mehnatlaringiz natijasida qad koʻtarilgan xirmonlaringiz kabi martabangiz ham baland, yuzingiz doimo yorugʻ boʻlsin, qadrli yurtdoshlar!

 

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026