VAQTIDA TÖLANMAGAN QARZDORLIK JARIMAGA SABAB BÖLADI
“Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi 2018-yil 22-oktyabr kungi Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 198 (1)-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Eng kam iş haqining ön baravariga teng yoki undan oşmaydigan miqdordagi summani undiriş töğrisidagi ijro hujjatining mazkur hujjatni ixtiyoriy ravişda ijro etiş uçun davlat ijroçisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga köra ijro etilmasligi:
fuqarolarga eng kam iş haqining bir baravaridan beş baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa beş baravaridan ön baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Eng kam iş haqining ön baravaridan köp miqdordagi summani undiriş töğrisidagi ijro hujjatining uşbu hujjatning ixtiyoriy ravişda ijro etilişi uçun belgilangan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga köra ijro etilmasligi yoki qarzdorning zimmasiga muayyan harakatlarni bajariş yoxud bu harakatlarni bajarişdan özini tiyiş majburiyatini yuklovçi ijro hujjatining davlat ijroçisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga köra ijro etilmasligi:
fuqarolarga eng kam iş haqining beş baravaridan ön baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa ön baravaridan ön beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi».
Bu özgarişlarning mazmuni şundan iboratki, Özbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik töğrisida”gi Kodeksida ilgari ijro hujjatidagi undiriş lozim bölgan qarzdorlik summasi belgilanmagan edi.
Bunday holda davlat ijroçisi tomonidan tegişli ijro hujjatini ixtiyoriy ravişda ijro qiliş uçun belgilangan muddatda qarzdorlar tomonidan uzrli sabablarga köra bajarilmaganligi uçun kamida eng kam iş haqining beş barobari miqdorida jarima solişga sabab bölar edi.
Qonunçilikka kiritilgan özgartirişlardan keyin esa yuqoridagi kabi holatda jarimalar undirilişi lozim bölgan qarzdorlik miqdoriga qarab qöllaniladigan böldi.
Tölov ijro hujjatlarini öz vaqtida bajargan va qarzlarini muddatida tölagan şaxslar heç qanday jarimaga tortilmasligini esdan çiqarmaslik lozim. Xulosa şuki, vaqtida tölanmagan qarzdorlik jarima solinişiga sabab böladi. Bunga yöl qöymang va oilangiz daromadini behuda sarflamang!
Azamat YÖLDOŞEV, Majburiy ijro byurosi Qoraqalpoğiston Respublikasi
boşqarmasi boşliği örinbosari, adliya maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶