21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:40
Siyosat 👁 1,347

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining ellik yettinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining ellik yettinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT

2018-yil 14-dekabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi ellik yettinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, fuqarolar yigʻinlari raislari, xotin-qizlar, “Mahalla”, “Nuroniy”, Yoshlar ittifoqi tashkilotlari, respublika va tumandagi tegishli davlat va jamoatchilik tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, sessiya ishida Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari Sarvar Otamuratov, Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi Erkin Yusupov, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Paisining oʻrinbosari Atadjan Xamrayev, Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Pespublikasidagi Xalq qabulxonasi rahbari Hakimboy Xalimov, Oliy Majlis Senati aʼzolari, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari qatnashdilar.

Sessiyani tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sultonboy Yoʻldashev Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Sarvar Otamuratov bilan hamraislikda olib bordi.

Maʼlumki, joriy yilning 22-28-oktyabr kunlari Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining xizmati bilan hamkorlikda tuzilgan Pespublika ishchi guruhi tumanimizda boʻlib, tumanda ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni va aholini qiynab kelayotgan muammolarni bevosita joylarga chiqib oʻrgangan edilar.

Sessiya avvalida joylardagi haqiqiy ahvol bilan kengroq tanishish maqsadida Pespublika ishchi guruhi tomonidan aniqlangan holatlar boʻyicha tayyorlangan videomateriallar deputatlar eʼtiboriga havola qilindi.

Tanqidiy-tahlil ruhda oʻtgan tadbir avvalida tumanni kompleks rivojlantarish, shuningdek, aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha vazifalar ijrosi yuzasidan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini taʼminlash choralariga alohida eʼtibor qaratildi.

Sessiyada qayd etilganidek, bugun mamlakatimizni har jihatdan rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish orqali yangi ish oʻrinlari yaratish, hududlar infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, oddiy odamlar turmush farovonligini yaxshilash kun tartibidagi muhim vazifalardan biriga aylangan.

Shundan kelib chiqib, sessiyada aholi bandligini taʼminlash, oilalarning doimiy daromad manbaiga ega boʻlishi, fuqarolarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar holati ham sessiyada kun tartibidagi eng muhim masalalardan biri boʻldi.

Zero, bugun yurtimizda odamlarning davlatdan rozi boʻlib yashashi uchun, avvalo, fuqarolarni ish bilan taʼminlashga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Shu bois Amudaryo tumanida mazkur jabhada olib borilayotgan ishlar holati chuqur tahlil etilib, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar haqida ochiq fikr yuritildi.

Tumanda boʻsh turgan binolar, qurilishi tugallanmagan obʼektlar va foydalanilmayotgan yer maydonlari hamda ular negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar holati yuzasidan oʻrganish natijalari qizgʻin muhokama etildi. Pespublika ishchi guruhi aʼzolari tumanda faqatgina muammolarni oʻrganish bilan cheklanib qolmasdan, ularning kelib chiqish sabablari hamda yechimiga ham katta eʼtibor qaratdi. Tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar bilan qiziqdi. Eʼtibordan chetda qolgan binolar, qarovsiz, boʻsh yotgan maydonlar, faoliyati toʻxtab qolgan korxona va obʼektlardan ijtimoiy foydali maqsadlar yoʻlida foydalanish boʻyicha choralar belgilandi. Bunday obʼektlarni ishga tushirib, tadbirkorlik qilaman degan fuqarolarga kredit olish, kadastr va boshqa hujjatlarini tayyorlash, yangi tadbirkorlik subʼektlarini tashkil etish, faoliyatini kengaytirish, xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilashga har tomonlama koʻmaklashish ishlaridagi muammolar oshkora muhokama qilindi.

Sessiyada tumanda aholiga kommunal xizmati koʻrsatish, jumladan, qish mavsumini betalofat oʻtkazish masalasi ham ishtirokchilar eʼtiboridan chetda qolmadi. Sovuq va qorli-qirovli kunlar boshlanmasidan kommunal masalalarni hal qilishga tayyorgarlik ishlarini sifatli yakunlash, aholini yoqilgʻi mahsulotlari, jumladan, koʻmir bilan taʼminlash, mavsumni talafotsiz oʻtkazishga erishish, bu borada, eng muhimi, isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini himoyalash, toʻlov madaniyatini yuksaltirish kabilar dolzarb ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.

Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari Bayrambay Ilyasov, Oʻzbekiston Pespublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Begzod Matmusayev, tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Maʼmurjon Temirboyev, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining oʻrinbosari Paoʻaj Xojamuratov, tuman hokimining oʻrinbosari Ulugʻbek Polvanov, Pespublika ishchi guruhi shtab rahbari Erkin Yusupov hamda tuman hokimi – 1-sektor rahbari Sultonboy Yoʻldashevlar soʻzga chiqib, kun tartibidagi masala boʻyicha  amalga oshirilayotgan ishlar xusuida keng turda toʻxtalib oʻtdilar.

Shuningdek, sessiya ishida Oliy Majlis Senatining 2018-yil 29-iyundagi hamda Senat Kengashining 2018-yil 13-avgustdagi toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solishga oid qarorlarining tumandagi ijrosi ham atroflicha muhokama etildi.

Ushbu masala boʻyicha toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisi, tuman hokimining oʻrinbosari – xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Axmedova soʻzga chiqib, amalga oshirilayotgan ishlar va belgilangan rejalar haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Maʼlumki, joriy yildan boshlab Oliy Majlis Senati tomonidan har yilning yakuni boʻyicha aniq mezonlar asosida mamlakatimiz boʻyicha xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari orasidan 14 ta, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri vakillik organlari oʻrtasidan esa 1 ta namunali kengashni aniqlab, boshqalarga oʻrnak qilib koʻrsatish va ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyildi.

Oliy Majlis Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining 2018-yil 6-dekabrdagi qaroriga koʻra xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi Qoraqalpogʻiston Pespublikasidagi yilning eng namunali Kengashi maqomiga sazovor boʻldi.

Mavzuga doir: XALQ DEPUTATLAPI AMUDAPYo TUMAN KENGAShI PESPUBLIKADAGI YILNING ENG NAMUNALI KENGAShI MAQOMIGA SAZOVOP BOʻLDI

Sessiyada bu haqdagi sertifikatini Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Paisining oʻrinbosari Atadjan Xamrayev xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi raisi Sultonboy Yoʻldoshevga tantanali ravishda topshirdi.

Sessiya kun tartibidagi barcha masalalar koʻrib chiqilib, taklif va fikrlar eʼtiborga olingan holda tegishli qarorlar qabul qilindi va shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining axborot xizmati

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026