TADBIPLAP ÖQUVÇILAP FAOLLIGINI OŞIPIŞGA XIZMAT QILMOQDA
31-sonli umumtaʼlim maktabida öquvçilarni çuqur ilm olişga rağbatlantiriş, faolligini oşiriş maqsadida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazilib turiladi. Yuqori sinflar öquvçilari orasida “Kim bölsam ekan?”, “Kasb insonni kamolotga eltadi” kabi kasb tanlaşga oid, şuningdek muhim sanalarga bağişlangan tadbirlarda öquvçilarimiz özlarining bu borada qançalik bilimga ega ekanliklarini namoyiş etmoqdalar.
1-dekabr – qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ötkazilgan “Til – millat körki” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir öquvçilarda çuqur taassurotlar qoldirdi va ular könglida qoraqalpoq tilini çuqur örganişga, şu tilda yozilgan badiiy asarlarni köp mutolaa qilişga rağbat uyğotdi.
Ayni kunlarda barçamiz orziqib kutayotgan yangi yil bayramini munosib nişonlaşga qizğin hozirlik körmoqdamiz.
Maktabimiz badiiy havaskorlari ijrosida tayyorlanayotgan maxsus bayram dasturida yakunlanayotgan yilda samarali mehnat qilib, yutuqlarga erişgan öqituvçilarni, şuningdek, fanlarni yaxşi özlaştirib, tengdoşlariga namuna bölayotgan öquvçilarni rağbatlantirişni ham rejalaştirib qöyibmiz.
Ötkazilayotgan tadbirlarimiz öquvçilar faolligini oşirişga xizmat qiladi, albatta.
Maxsuda XUDOYoPOVA, 31- sonli maktab
direktori örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶