“Turmuşda gazdan xavfsiz foydalaniş” oyligi noxuşliklarning oldini oliş maqsadida ötkazilmoqda
Yonğin – katta talofat yetkazuvçi xavfli hodisalardan biridir. Eʼtiborsizlik va ehtiyotsizlik oqibatida sodir böladigan bu ofat insonlarga moddiy zarar bilan birga jiddiy jarohat yetkazib, hayotini xavf ostida qoldiradi.
Issiqlik taʼminotiga köp ehtiyoj seziladigan ayni mavsumda aholi tabiiy gaz, kömir, elektr peçkalaridan muntazam foydalanadi. Bu esa işlatiş jarayonida xavfsizlik qoidalariga yanada eʼtiborliroq bölişni talab etsa-da, ehtiyotsizlik natijasida noxuş holatlar sodir bölişi köplab uçraydi. Mana şunday baxtsiz hodisalar va zararli oqibatlarning oldini oliş maqsadida Pespublikamiz hududida 20-oktyabrdan 20-yanvarga qadar bölgan davr oraliği “Turmuşda gazdan xavfsiz foydalaniş” oyligi deb eʼlon qilindi.
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yaşaş joylarida isitiş uskunasi ham yoqilği moylaş mahsulotlaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga asosan ötkazilayotgan oylik davomida is gazidan zaharlaniş, gaz va havo aralaşmasining çaqnaşi bilan boğliq noxuşliklarning oldini oliş maqsadida tarğibot-taşviqot işlari amalga oşirilmoqda. Aholi turar joylarida yonğin xavfsizligini taʼminlaş işlari kuçaytirilgan tartibda olib borilmoqda. Bu böyiça taşkil qilingan 4 ta işçi guruh tomonidan tuman hududidagi mahallalarda tabiiy gaz va elektr energiyasidan töğri, oqilona foydalaniş, xavfsizlik çoralarini doim körib boriş lozimligi aholiga keng tuşuntirilmoqda. Lekin şunga qaramasdan ayrim fuqarolarning yonilği xavfsizligi qoidalarini qöpol ravişda buzayotganligi yonğin çiqişiga sabab bölmoqda.
Ötkazilgan tekşirişlar davomida tumanimiz fuqarosi M.Yaxşimurodova öz xonadonida istiş qozonxonasiga qonuniy ravişda tabiiy gaz tarmoğini ulab foydalanayotgani, fuqarolar M.Hamroyeva hamda Q.Yusupovalar gaz tarmoğiga qölbola gaz tortuvçi moslamalar örnatilgan holda işlayotgani aniqlandi.
Xavfsizlik qoidalariga barça birdek amal qilsa, har qanday noxuş hodisalarning oldi olinadi. Biz barça fuqarolarni xavfsizlik qoidalariga muntazam amal qilib, öz-öziga yetkazilişi mumkin bölgan zarar va talofotlarning oldini olişga çaqiramiz.
Hamro MATYoQUBOV, tuman YoXB boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶