“DONO BILIMDONLAP” PESPUBLIKA TANLOVINING TUMAN BOSQIÇI ÖTKAZILDI





“Dono naşriyoti” masʼuliyati çeklangan jamiyati, bolalar va ösmirlar uçun çop etiladigan jurnallar tahririyatlari jamiyat hayotida ezgu qadriyat va anʼanalarni çuqur qaror toptirişga, xalqimiz, ayniqsa, yoş avlodning maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqaraşini yuksaltirişda, ona Vatani va xalqiga muhabbat, sadoqat bilan yaşaydigan barkamol şaxsni tarbiyalaşda beqiyos ahamiyatga ega bölgan kitobxonlik madaniyatini oşirişga alohida eʼtibor qaratib, bu borada hamkor taşkilotlar bilan turli loyihalarni amalga oşirib kelmoqda. Xususan, Özbekiston yoşlar ittifoqi, Pespublika xalq taʼlimi vazirligi, Özbekiston Matbuot va axborot agentligi bilan umumtaʼlim maktablari öquvçilari örtasida milliy va jahon adabiyoti durdonalarini keng tarğib etiş maqsadida ötkazilayotgan adabiyot yönalişidagi “Dono bilimdonlar” respublika tanlovi şular jumlasidandir.
Öquvçi-yoşlar orasida ona tili va adabiyotiga bölgan qiziqişni oşiriş, davlat tiliga hurmat ruhini yuksaltiriş,kitobxonlik madaniyati, notiqlik sanʼati, jamoa bölib işlaş könikmalarini yuksaltiriş maqsadida taşkil etilayotgan uşbu tanlov tört bosqiçda – avvalo sinflararo, (sinf jamoasi tuman, şahar bosqiçiga tavsiya etiladi), keyinçalik tuman, viloyat va respublika bosqiçlarida ötkaziladi. Har guruhda 5 nafardan öquvçi iştirok etadi.
Tanlov 5 ta şart böyiça ötkaziladi. Birinçi şartda 5-9-sinflar adabiyot darsliklari asosida har bir jamoa uçun 5 ta test savollari tarqatiladi. Javoblar uçun 5 daqiqadan vaqt ajratiladi. Ikkinçi şartda berilgan aralaş harflardan yaşirin söz topilişi kerak. Topilgan sözdagi harflar iştirokida va faqat şu harflarni takror qöllab, yangi sözlar hosil qilinişi kerak. Har bir hosil qilingan yangi söz 2 ball tizimida baholanadi. Kalit sözni topolmagan jamoadan 5 ta söz olib taşlanadi. Eng köp söz topgan jamoa uşbu şartda ğolib hisoblanadi. Uçinçi şartda öquvçilar faqat darslikka kiritilgan şoirlarimiz ijodi (şeʼr, ğazal, va ruboiylar)dan yoddan ifodali öqib berişlari kerak. Törtinçi şartda sahna körinişi, monolog, qöşiq, raqs va boşqalarni (şeʼr hisobga olinmaydi) mahorat bilan ijro etişlari, öquvçilarning çiqişlari 10 daqiqadan oşmasligi kerak. Beşinçi şart esa “Kim köp şeʼr biladi?” deb nomlanadi. Uşbu şartda öquvçilar milliy şeʼriyatimizning istagan vakillari şeʼrlaridan 4 misradan yoddan ifodali öqişlari, bundan avvalgi iştirokçi öqigan şeʼr qaysi harfdan töxtagan bölsa, navbatdagi iştirokçi şu harfdan boşlanadigan misra bilan şeʼrxonlikni davom ettirişi kerak. Muallifi maʼlum bölgan şeʼrlar hisobga olinadi. Öquvçilarning öz ijod namunalari yoki noaniq şeʼrlar hisobga olinmaydi. Bir şeʼrni takror öqigan yoki beş soniyadan ortiq töxtab qolgan qatnaşçi öyindan çiqadi, oxirida qolgan iştirokçi ğolib hisoblanadi.
Tanlovning maktablardagi sinflararo bosqiçi ğoliblari esdalik sovğalari bilan, tuman bosqiçi ğoliblari 1 mln. sömlik sertifikat va diplom, “Milliy entsiklopediya” töplami bilan, viloyat bosqiçi ğoliblari 3 mln. sömlik sertifikat va diplom, 5 ta velosiped, respublika bosqiçi ğoliblari (uşbu bosqiçda viloyat bosqiçida faqat birinçi örinni egallagan ğolib jamoalar iştirok etadi) “Damas” avtomaşinasi bilan taqdirlanadi.
Şuningdek tanlovning tuman, viloyat, respublika bosqiçida ikkinçi, uçinçi örinlarni egallagan jamoalar ham munosib taqdirlanadilar.
Şu yilning 20-dekabrida mazkur tanlovning tuman bosqiçi bölib ötdi. Malakali mutaxassislardan tarkib topgan hakamlar hayʼati öquvçilarning iqtidori va bilimini odilona baholab bordilar.
Qizğin keçgan bellaşuvlar natijasiga köra, 76-sonli maktab jamoasi birinçi, 29-sonli maktab jamoasi ikkinçi, 12-maktab jamoasi uçinçi örinlarni qölga kiritdilar.
Aytiş joizki, taʼlim tizimida ilk bora ötkazilayotgan “Dono bilimdonlar” respublika tanlovi öquvçilar orasida ulkan qiziqiş uyğotmoqda.
Oygul Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶