Savdo yarmarkalarida körsatilayotgan xizmatdan aholi mamnun
Xalqimiz har bir bayramni öziga xos nişonlaş uçun alohida taraddud bilan kutib oladi. Ayniqsa, Yangi yilning gaşti boşqaça. Bu kunga har bir oilada katta tayyorgarlik köriladi. Tadbirkor-u fermerlar, boğbon-u sohibkorlar ham keng turda xizmat körsatişni boşlab yuborişadi. Bayram yaqinlaşgani sari bozorlardagi mahsulotlar narxida ösiş holati köp kuzatilayotganligi sababli, bunday vaziyatda aholiga moddiy jihatdan katta ziyon yetişining oldini oliş maqsadida sönggi yillarda bayramlar munosabati bilan davlat tomonidan arzonlaştirilgan maxsus savdo yarmarkalari işga tuşirilmoqda.
Bu boradagi Vazirlar mahkamasining tegişli qarori asosida 2018-yilning 7-dekabridan 2019-yilning 10-yanvariga qadar Özbekistonning barça hududlarida Yangi yil savdo yarmarkalari taşkil qilinib, ularda 26 turdagi qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda sotilişi belgilangan. Tumanimizda ham bayramoldi qişloq xöjaligi mahsulotlari yarmarkasi taşkil etilib, ayni kunda aholiga keng xizmat körsatilmoqda.
“Manğit dehqon bozori”da 450 ta savdo örni mavjud. Savdo örinlarining 424 tasi qişloq xöjaligi mahsulotlari sotişga möljallangan rastalar, 26 tasi esa oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan savdo şoxobçalaridir. Ayni paytda bozorga qaraşli bölgan “Amuxaridsavdoservis” va “Manğit bozor savdo” savdo-xarid korxonalari ham faoliyat yuritmoqda. Şuningdek, aholining qişloq xöjaligi mahsulotlariga ehtiyojini qondiriş maqsadida bozor maʼmuriyatining tumandagi fermer va dehqon xöjaliklari bilan birgalikdagi şartnomalari tuzilib, ularga özlari yetiştirgan mahsulotlarini bozorda sotişlari uçun yetarli şaroit va qulayliklar yaratilgan. Bu qişloq xöjaligi mahsulotlarining narxi ösib ketişining oldini olişda muhim örin tutib, narxlarning bir maromda saqlanib turişini taʼminlamoqda.
Dehqon bozorlarida xaridorlarga körsatilayotgan xizmatlar kölamini yanada kengaytiriş maqsadida yarmarkalar turğun savdo rastalarida taşkil etilib, bayramona bezatilgan. Bozorga kiritilayotgan barça turdagi oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlari veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari xodimlari tomonidan tekşiruvdan ötkazilgaç, sotişga ruxsat berilmoqda.
Yarmarkada 23 yakka tartibdagi tadbirkor, “Amudaryo invest plyus” masʼuliyati çeklangan jamiyati, bozorga qaraşli savdo-xarid korxonalari öz mahsulotlari bilan iştirok etişmoqda. Ayni kunlarda göşt va sut mahsulotlari, şakar, makaron, non, kartoşka, piyoz va boşqa sabzavot mahsulotlari, meva-sabzavot, şuningdek, konservalangan göşt, baliq mahsulotlari – jami 42 turdagi isteʼmol mahsulotlari arzon narxlarda aholiga yetkazib berilmoqda. Barça savdo tarmoqlari nazorat-kassa maşinalari va savdo terminallari bilan jihozlanganligidan xaridorlar mamnun. Yangi yil munosabati bilan taşkil qilingan yarmarkada şu paytga qadar 2.8 tonna mol göşti, 3.2 tonna tovuq göşti, 9 ming 200 dona tuxum, 2.8 tonna kartoşka, 3.1 tonna piyoz, 2.1 tonna sabzi, 3.5 tonna har xil meva-çevalar va boşqa turdagi mahsulotlar ham sotildi.
«Manğit dehqon bozori» hududidagi savdo rastalari, savdo şoxobçalari hamda yangi yil munosabati bilan taşkil qilinib, aholiga namunali savdo xizmati körsatayotgan yarmarka faoliyatidan xalqimiz nihoyatda mamnun.
Ş.Yangiboyev, "Manğit dehqon bozori" MÇJ direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶