21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:12
Adabiyot 👁 4,442

Maʼnaviy boylik ham kerak

Maʼnaviy boylik ham kerak

Bozor munosabatlariga oʻtilishi bilanoq katta-yu kichikda pul topishga – moddiy boyliklar egasi boʻlishga qiziqishning kuchayganligi bor haqiqat. Davr talabi ham shuni taqozo etmoqda. Ammo maʼnaviy boylik ham juda zarur. Moddiy va maʼnaviy boylik tarozining ikkipallasiga, elektr toki zaryadlariga oʻxshab ketadi nazarimizda.

Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov barcha maʼruza va nutqlarida jamiyat taraqqiyotida maʼnaviyatning roli katta ekanligini qayta-qayta taʼkidlaydilar.

Sababi yosh avlod tarbiyasida, jamiyat rivojlanishida maʼnaviyatning, adabiyotning roli katta. Adabiyot esa matbuot, televideniye, radio orqali keng targʻib etiladi. Shu jumladan turli sanalarga bagʻishlab oʻtkaziladigan adabiy kecha, sheʼriyat kechasi hamda ijodkorlar mushoiralari vositasida ham.

Shu narsani alohida taʼkidlash joizki, tumanimizda adabiyotga va ijodiyotga qiziqish azaldan katta boʻlgan va ayni kunda ham bu qiziqish soʻngani yoʻq.

Barchamiz yaxshi bilamiz, oʻtgan asrning oʻrtalarida, 1957 yilning dekabr oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasiga qarashli Qipchoq va Xorazm viloyatiga qarashli Mangʻit tumanlari birlashtirilib, yangi Amudaryo tumani tashkil etildi. Qipchoq tumanining "Sotsializm yoʻli” va Mangʻit tumanining "Stalinchi” ijtimoiy-siyosiy gazetalari tahririyatlari birlashtirilib, ikkala tuman qoʻshilganidan soʻng "Amudaryo haqiqati” gazetasi chop etila boshladi.

Nomlari tilga olingan gazetalar tumanimizda adabiyotga, ijodiyotga qiziquvchilarning paydo boʻlishi va saflari ortishida muhim ahamiyat kasb etdigina emas, balki ijod ahlining tajriba maktabiga aylandi.

Kezi kelganida tuman gazetasida oʻz vaqtida sheʼrlari bilan qatnashgan ijodkorlar nomini tilga olish maqsadga muvofiqdir. Bular rahmatli ustozlarimiz Sobir Yusupov, Yoʻldosh Qurboniy, Nurulla Xudoyorov, Yoʻldosh Jumaniyozov, Onnamurod Oyimbetov, Soat Qurbonboyev, Qodir Ollaberganov, Oʻrin Safariy, Tursunboy Davlatboyev, Bobojon Oʻrozmetovlar, shuningdek Boltaboy Bekbaulov, Bogʻdagul Ibrohimova, Gulgʻuncha kabilar. Ularning ijodlari namunalari yuqorida nomlari tilga olingan gazetalar sahifalarida abadiy muhrlanib qoldi.

Koʻp yillardan buyon ijod qilib kelayotgan ijodkorlar bor. Bular Jumaboy Bekchonov, Azim Rajabov, Xolboy Oʻrozmetov, Gulnora Matyoqubova, Hayitgul Yoʻldosheva, Salima Xolboyeva, Jongila Bobojonova, Bektemir Bekchonov, Xushnud Yoqubjonov, Madiyor Boltaboyev, Safarboy Onnamurodov, Xudoybergan Jumamurodov, Xudoybergan Saidmurodov, Farhod Avezov, Ahmad Nafasov, Jumaboy Hidoyatov, Tursunboy Abdullayev, Xonimjon Rajabova, Oygul Rajabova, Robiya Yoʻldosheva, Sanobar Xoʻjamurodova, Zebo Rajabova, Zulfiya Olloyorova, Bahodir Jumamurodov, Oʻlmasbek Xoʻjayev, Tojiboy Doʻsanov, Jabborbergan Qurbonboyevlar.

Keyingi ikki yil ichida tuman miqyosida rahmatlik jurnalist va shoirlar, ustozlarimiz Sobir Yusupov va Tursunboy Davlatboyevlarning yubileylari munosabati bilan xotira kechalarini oʻtkazdik. Shuningdek 4-marta ijodkorlarimizning sheʼriyat va mushoira kechalarini ham tashkil qildik. Bu tadbirlarning barchasi fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizning maʼnaviy hayotini boyitishga xizmat etmoqda, deb aytsak haqlimiz.

Moddiy boylik bilan birgalikda barchamizga maʼnaviy boylik ham kerak. Bu muhim ishda tumanimizda katta-yu kichik ijodkorlarimiz bundan keyin ham faol qatnashadilar, ijodiy mehnat mevalarini kitob holiga keltirib nashr qildirishib, adabiyot ixlosmandlariga sovgʻa etishadi, deb umid qilamiz.

Orzuga ayb yoʻq, deyishadi. Tuman ijodkorlarini birlashtiruvchi adabiy uyushma tuzish hamda barcha ijodkorlarning sheʼr va hikoyalarini toʻplab, kitob holida nashr ettirish niyatlarimiz ham bor. Shuningdek rejalashtirib qoʻygan boshqa adabiy-badiiy tadbirlarimiz ham yuksak maʼnaviyat saboqlarini berishiga ishonamiz. Axir, maʼnaviy boylikhech bir toʻfonlar vayron qila olmaydigan, birov zoʻrlik bilan tortib ololmaydigan eng buyuk xazinadir. Chunki bu xazina har birimizning yuragimizdadir.

Saʼdulla XOʻJANIYoZOV,

Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026