Özboşimçalik bilan qurilgan uy-joyingizni muddatidan keçikmasdan qonuniylaştiring
Şu yil 20-aprelda Prezidentimizning «Fuqarolarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar hamda özboşimçalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasini ötkaziş töğrisida»gi Farmoni qabul qilingan edi. Şunga köra, turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etiş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida jismoniy şaxslarning quriliş maqsadlari uçun ajratilmagan yer uçastkalarida yoki özboşimçalik bilan qurilgan yakka tartibdagi uy-joyga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etiş haqidagi murojaatlari körib çiqilmoqda.
Tuman Davlat xizmatlari markaziga şu yilning dekabr oyiga qadar bu borada 861 ta murojaat kelib tuşgan bölsa, şundan 334 nafar fuqaroga tuman hokimining mulk huquqini eʼtirof etiş böyiça qarori çiqarildi.
2019-yil 1-maygaça davom etadigan aktsiya böyiça mulk huquqini eʼtirof etiş va kadastr hujjatlari 2 ta şart asosida, yaʼni yer uçastkasi (uçastkaning bir qismi) unga qonun hujjatlariga muvofiq, turar joy quriş uçun ajratilişi mumkin bölmagan yerda joylaşmagan va özboşimçalik bilan qurilgan imorat şaharsozlik talablarini, şuningdek, uning saqlab qolinişi boşqa şaxslarning huquqlari va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlarini buzmasa yoxud fuqarolarning hayoti va soğliğiga xavf tuğdirmagan taqdirda beriladi.
Qaror köp qavatli uylarga va ularga tutaşib ketgan yer uçastkalariga özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarga, noturar joylarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Fuqarolar özboşimçalik bilan qurgan imoratga mulk huquqini oliş uçun öşa hududdagi Davlat xizmatlari markazlari orqali tuman, şahar hokimi nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga murojaat qiluvçining pasport nusxasi, oila aʼzolari, yerga egalik qilgan muddat va imorat qurilgan vaqti töğrisida mahalla fuqarolar yiğinidan maʼlumotnoma taqdim qiladi. Bundan boşqa hujjat talab qiliş mumkin emas. Bir martalik aktsiya doirasida eng kam iş haqining 5 barobari miqdorida yiğim tölanadi. Agarda murojaat etuvçi yolğon maʼlumot taqdim etsa, ariza rad etiladi.
Ariza va taqdim etilgan hujjatlar kadastr xizmati tomonidan örganilib, xulosa berilgaç, tuman komissiyasi imoratga mulk huquqini eʼtirof etiş yoki rad etiş töğrisida qaror çiqaradi.
Uşbu aktsiya 2019-yil 1-maygaça bölgan muddatga qadar davom etadi. Keyinçalik özboşimçalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqini oliş böyiça murojaatlar qabul qilinmaydi.
Oybek Ahmedov, tuman Davlat xizmatlari
markazi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶