UDDABUPON SANOBAP
Insonlar bor – umr böyi öz “men”i uçun fidoyilik qiladi: neki ezgulik va yaxşilik bölsa faqat öziga ravo köradi. Atrofidagi haqiqiy jamiyat fidoyilarini körmaydi bundaylar.
Insonlar bor – el-yurt közi uçun emas, şu el-yurt, xalq manfaati uçun işlaydi, özini ayamaydi, öz “men”ini juda köp vaziyatlarda unutib yaşaydi. Atrofdagi insonlarga suyanadi, kezi kelganida ularni suyaydi. Jamiyat, xalq manfaati yölida oromidan keçib yaşaydi bundaylar...
Qoraqalpoğiston xalq öqituvçisi, 40-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Sanobarxon Xöjamurodova ham ana şunday fidoyi insonlardan biri. Sanobar serfarzand oilada tuğilib-ösdi. Alloh rahmat qilsin, otasi Ismoil ota Xöjamurodov butun umrini taʼlim-tarbiya sohasiga bağişlagan, özidan keyin ortida biri-biridan salohiyatli farzandlar, şogirdlar, “Ismoil muallim” degan eʼtiborli nom qoldirgan ajoyib inson edilar. Kezi kelganida öta qattiqqöl, odamiylik bobida mehribon va samimiy bu inson tarbiyasini olgan 10 nafar farzandning barçasi öqimişli, el-yurtga kamarbasta bölib voyaga yetişdi. Aka-opalari, uka-singillaridan farqli ölaroq Sanobarga Ismoil muallimga xos köplab fazilatlar “yuqqan”. Ayniqsa, har bir işni zavq bilan bajariş, natijasidan söng boşqalarga ham zavq bağişlaş, mehnatkaşlik, atrofidagilarga manfaat yetkazuvçi har qanday maqsad yölida ortga çekinmaslik, intiluvçanlik – Sanobarning hayot tarziga aylandi.
Nizomiy nomidagi Toşkent Davlat pedagogika institutini imtiyozli diplom bilan tugatgan Sanobar Xöjamurodova oradan yillar ötib özi orzu qilganiday Amudaryo tumanida yoş avlod taʼlim-tarbiyasi sohasining fidoyisiga aylandi.
Öziga taʼlim-tarbiya bergan ustozlari Pajab Ahmedov, Tursunboy ustoz, Egambergan Saidov, Nazarimbat Almurodov, Yöldoş Matqurbonov, Ibrohim Maşaripov, Amin Almurodov, Mirza Gulmonov, Şomurod Davletov, Kenja Ahmedovlar bilan yonma-yon işlab, tajriba orttirdi. Ana şu tajriba va feʼlidagi işçanlik, uddaburonlik va qatʼiyatlilik Sanobar Xöjamurodovani şaxs sifatida şakllantirdi, elga tanitdi. Uni 2004-yilda 40-sonli umumtaʼlim maktabi direktorligiga tayinlaşdi.
– Işonç – odamni kuçli qilarkan, – maktab rahbarligini qabul qilgan ilk kunlarini xotirlaydi Sanobar. – Tasavvur qiling, tomidan çakka ötadigan, sinfxonalarining poli beton qoplamali, deraza va eşiklaridan qiş izğirinlari izillab kirib turadigan, atrofidagi yerlari kuçli şörlangan maktab. Işni nimadan boşlaşni bilmay, bir-ikki kun öylanib yurganman.
Sanobarning boşçiligida markaziy isitiş tizimi ota-onalar va öqituvçilar homiyligi yordamida qaytadan qurildi. YuNISEF va YuSAID xalqaro taşkilotining “Taʼlim jarayoniga jamoatçilikni jalb qiliş” nomli loyihasida iştirok etib, 12 ming AQŞ dollari miqdoridagi grant mablağini yutib oldi. Ana şu grant mablaği hisobidan 10 ta sinf xonasi pollandi. Öşa paytdagi tuman hokimi, Alloh rahmat qilsin, Pajabboy Yöldoşevning kömagi bilan mahalliy byudjet mablağlari hisobiga maktab tomi şiferlandi. Maktabdagi şaroitlar yaxşilangaç, taʼlim-tarbiya sohasida jiddiy buriliş yasalişiga erişildi.
Sanobar Xöjamurodovaning rahbar sifatidagi öz tajribasi va qatʼiy tutumi bor. Maktabda direktor boşçiligidagi “Harakat dasturi”ga amal qilinadi. Unga köra, taʼlim-tarbiya bilan maʼnaviy tarbiya uzviylikda olib boriladi. Har bir işda jamoa fikri inobatga olinadi. Natija esa köngildagiday. Bugungi kunda 40-sonli umumtaʼlim maktabi taʼlim-tarbiya sohasiga innovatsion pedtexnologiyalarni joriy etiş böyiça tuman maktablari reytingida peşqadam. Maktab – oila – mahalla hamkorligi esa öquvçi-yoşlar qobiliyatining yangi qirralarini kaşf etiş imkonini bermoqda.
Maktabda obodonlaştiriş işlari ham juda yaxşi yölga qöyilgan. Maktabning kuçli şörlangan yeri Sanobar Xöjamurodovaning taşabbusi bilan işlab çiqilgan “Harakat dasturi”ga muvofiq bugun obod göşaga aylandi. Maktab hovlisida bugun “Ustozlar boği”, “Bitiruvçilar boği”, “Yoşlar boği” barq urib rivojlanmoqda. Yam-yaşil ninabargli daraxtzorlar orasidagi parvozga şaylangan turnalar xuddi maktab bağridan uçirma bölib, mustaqil hayotga qadam taşlayotgan yoşlarning orzulari ramzi kabi tuyğularni uyğotadi dillarda.
– Har sinfning öz gulzori bor, – deydi Sanobar. – Öquvçilar mehnat darslarida tabiat qöynida özlari ekkan gullarni parvarişlaydilar, hatto bundan zavq oladilar. Ularning qalblarida ona tabiatga mehr uyğonadi bunday darslarda.
Hamişa hayotda oldinga intilib yaşaşga örgangan bu tinib-tinçimas ayolning erişgan, erişayotgan yutuqlari bisyor. Ularning barçasini bitta maqolaga jo etiş muşkul. Sanobar Xöjamurodovaning har bir ötayotgan iş kunlari haqida men oddiygina qilib Sanobar – ustoz, Sanobar – rahbar, xalq deputati, jamoat faoli, zukko va bilimdon repetitor, taşkilotçi va kuyunçak taʼlim fidoyisi va nihoyat öqimişli, tarbiyali farzandlarning mehribon onasi, jonajon buvisi degim keladi. Çunki öz mehnati bilan avvalo jamoasida, qolaversa, ustoz sifatida elda eʼzoz topgan bu ayolning jamiki, ezgu işlarini xalq biladi, xoliq ham!
Kamtarin va samimiy döst, dilkaş suhbatdoş, şoirqalb, uddaburon inson – Sanobar Xöjamurodovaning ezgu işlarini davlatimiz ham katta hurmat va ehtirom ila “Qoraqalpoğiston xalq öqituvçisi” degan yuksak maqom ila mukofotlaganligining özi Sanobar Xöjamurodova şaxsiga berilgan eng katta bahodir.
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶