2019-yilgi davlat dasturi loyihasi: qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimida qanday özgarişlar bölişi kutilmoqda?
Jamoatçilik muhokamasi uçun taqdim etilgan «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili» Davlat dasturi loyihasining 2-bölimida qonun ustuvorligini taʼminlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş böyiça çora-tadbirlar belgilangan. Unda asosan sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini taʼminlaş, sudning nufuzini oşiriş, sud tizimini demokratlaştiriş va takomillaştiriş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini taʼminlaş, maʼmuriy, jinoyat va jinoyat-protsessual qonunçilikni takomillaştiriş, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va huquqbuzarliklarning oldini oliş tizimini takomillaştiriş, sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlaş, huquqiy yordam va yuridik xizmat körsatiş tizimini takomillaştiriş kabilar körsatilgan. Şuningdek, körsatilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş böyiça masʼullar va muddatlar belgilangan.
Sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini taʼminlaş va nufuzini oşiriş böyiça “Xalqaro tijorat arbitraji töğrisidagi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi işlab çiqilişi möljallangan. Loyihada arbitr sifatida xorijiy mutaxassislarni jalb qiliş, xorijiy mamlakatlar qonunçiligini qöllaş, nizolarni xalqaro arbitraj orqali körib çiqişning huquqiy asoslari nazarda tutiladi.
Sud va huquqni muhofaza qiluvçi organlarda faoliyat körsatayotgan xodimlarning malakasini oşiriş böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori loyihasini işlab çiqiş ham közda tutilgan bölib, unga köra sud va huquqni muhofaza qiluvçi organlarda uzoq muddat davomida (5-yil va undan ortiq) benuqson faoliyat körsatayotgan örta va örta-maxsus maʼlumotli yoki boşqa mutaxassislik böyiça oliy maʼlumotga ega xodimlarni keyinçalik mazkur organda kamida 5-yil işlab beriş şarti bilan imtiyozli ravişda şartnoma asosida sirtqi bölimlarda oliy yuridik taʼlim muassasalariga qabul qiliş va maqsadli tayyorlaş tizimini joriy etişga eʼtibor qaratiladi. Sudyalikka nomzodlarni tayyorlaş tizimini xalqaro standartlarga muvofiq qayta körib çiqiş, sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlaş va tayinlaş tartibini takomillaştiriş, sudyalik lavozimiga ilk marotaba tavsiya etiladigan nomzodlar uçun amaldagi yoş tsenzini qayta körib çiqiş kabildar böyiça ham Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi işlab çiqilişi aytib ötilgan. Şuningdek, hujjatga köra sudyaning maxsus kiyimi tavsifi va namunalarini işlab çiqiş böyiça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati qarori loyihasi tayyorlanadi.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini taʼminlaş böyiça tayyorlanadigan hujjatlar loyihalarida restoran, kafe va boşqa köngiloçar obʼektlar da huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini taʼminlaş talablarini örnatgan holda ularning tungi paytda işlaş tartibini belgilaş, fuqarolarga pasport xizmati körsatiş tizimini soddalaştiriş, ilğor xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni inobatga olib, jazoni ijro etiş tizimida şaxsni axloqan tuzatiş va jamiyatga ijtimoiy moslaşuvini taʼminlaş kabilar közda tutilgan.
Maʼmuriy, jinoyat va jinoyat-protsessual qonunçilikni takomillaştiriş böyiça 2019-yil 1-iyulda tayyorlanişi közda tutilayotgan Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasida jinoyat qonunçiligi normalarini unifikatsiya qiliş, jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillaştiriş, fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarining taʼsirçan va işonçli muhofaza qilinişini taʼminlaş, qonunçilikdagi jazoni oğirlaştiriş yoki yengillaştirişga oid normalarni qöllaş jarayonidagi inson omilini bartaraf etiş, jinoyat-protsessual qonunçiligi normalarini tizimlaştiriş va uyğunlaştiriş, jinoyat-protsessual qonunçilikda yaraşuv instituti doirasini kengaytiriş nazarda tutiladi.
Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi kodeksi loyihasini işlab çiqiş ham möljallangan bölib, unga köra maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi işni körişning protsessual tartibi takomillaştiriladi.
Jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va huquqbuzarliklarning oldini oliş tizimini takomillaştiriş böyiça ham normativ-huquqiy hujjat loyihasi esa 2019-yil 1-fevralda, asosan jamoat xavfsizligini taʼminlaş sohasida, jumladan fuqarolarning va tadbirkorlik subʼektlarining mol-mulklarini himoya qilişda davlat-xususiy şeriklik mexanizmlarini keng tatbiq etiş maqsadida xususiy qöriqlaş xizmatlarining huquqiy asoslarini yaratiş, profilaktika inspektorlariga kömaklaşuvçi professional faoliyatni takomillaştiriş kabilar böyiça tayyorlanadi.
Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlaş böyiça sud ekspertizasi faoliyatini yanada takomillaştirişni közda tutadigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori loyihasi 2019-yil 15-sentyabrda işlab çiqilib, muhokamaga taqdim etiladi. Şuningdek, Toşkent şahrida “Tashkent Law Spring”birinçi Xalqaro yuridik forumini ötkaziş böyiça çora-tadbirlar dasturi tayyorlanişi möljallangan.
Huquqiy yordam va yuridik xizmat körsatiş tizimini takomillaştiriş böyiça 2019-yil 10-noyabriga qadar ayrim harakatlar uçun notarial tasdiqlanişi şart bölgan talablarni bekor qiliş, 2019-yilning may oyi davomida esa oliy yuridik taʼlim tizimiga xalqaro standartlarni joriy qiliş, bu borada dunyoning yetakçi taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yölga qöyiş, Özbekiston Respublikasi fuqarolari va çet el fuqarolariga bepul huquqiy maslahat berişga möljallangan “Advice.uz” interaktiv axborot portalini taşkil etiş böyiça ham qonun loyihalari tayyorlanadi.
Şu örinda yurtdoşlarimizdan öz fikr-mulohazalari bilan Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol qatnaşişlarini sörab qolamiz. Eslatib ötamiz, mazkur Davlat dasturi loyihasiga özgartişlar va qöşimçalar kiritilişi mumkin.
O.Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶