Tumanda yil davomida 29 mingga yaqin davlat xizmatlari körsatildi
Tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarga 2018-yil davomida 29 mingga yaqin davlat xizmatlari körsatildi. Yangi va qayta röyxatdan ötkazişdan taşqari körsatilgan davlat xizmatlari 25,5 mingdan ortiq, şundan yuridik şaxslarga körsatilgan xizmatlar 1 ming 150 tadan, jismoniy şaxslarga körsatilgan xizmatlar esa 24,4 mingdan ortiqni taşkil qildi.
Şuningdek, elektron raqamli imzo kalitlarini beriş böyiça 1018 ta, bolalarni maktabgaça taʼlim muassasalariga navbatga yoziş böyiça 307 ta, fuqarolarni jamğarib boriladigan pensiya tizimiga hisobga qöyiş böyiça 434 ta, sudlanganlik haqida maʼlumotnoma beriş böyiça 47 ta, jismoniy şaxs – soliq tölovçining soliq va boşqa tölovlardan qarzi yöqligi (borligi) haqida maʼlumotnoma beriş böyiça 57 ta, jismoniy şaxslarga stir beriş böyiça 506 ta, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş böyiça 60 ta xizmatlar körsatildi.
“Obod qişloq” dasturiga asosan Nazarxon ovuli va Qipçoq şaharçasi aholisiga 2 ming 422 ta davlat xizmatlari körsatildi.
Ayni kunda Markazimizda tuman aholisiga 70 dan ziyod turdagi tezkor, sifatli davlat xizmatlari körsatilib, bu öz navbatida ularning vaqtlarini tejaşga, ovoragarçiliklarning oldini olişga xizmat qilmoqda.
Joriy yilning 27-oktyabrida tuman Davlat xizmatlari markazi uçun maxsus bino quriş töğrisida tuman hokimining 650-sonli qarori qabul qilindi va bino uçun yer ajratildi.
Kelgusi yilda Markaz öz binosiga ega böladi va taşrif buyuruvçilar uçun qulay şaroitlar yaratiladi.
Fursatdan foydalanib, tumanimiz aholisini kirib kelayotgan Yangi yil bilan qizğin tabriklayman, yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo bölsin! Kelgusi yilda ham yurtdoşlarimizga tezkor va sifatli davlat xizmatlari körsatişga harakat qilamiz.
Mansur SODIQOV,
tuman Davlat xizmatlari markazi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶