Konstitutsiya inson manfaatiga xizmat qiladi
davlatning asosiy qonuni bölib, har bir mamlakatning qiyofasi va nufuzini belgilaydi. Özbekiston Respublikasi si ham mamlakatimizni dunyoga tanitgan, xalqaro munosabatlarning teng huquqli subʼekti sifatida faol harakat qilişga huquqiy zamin yaratgan muhim hujjatdir.
Konstitutsiyaning har bir moddasi inson uçun, uning moddiy va maʼnaviy talab va ehtiyojlarini, manfaatlarini amalga oşiriş uçun xizmat qiladi. Unda birinçi navbatda şaxs manfaati ustunligi belgilanib, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat deb muhrlangan.
Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunçilikda belgilangan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va şaxsiy huquqlari jahondagi rivojlangan davlatlar va umumeʼtirof etilgan xalqaro hujjatlar talablariga monand ravişda kafolatlangan. Konstitutsiyaning har bir moddasi özbek mentaliteti, tarixi, köp millatli xalqimizning irodasi, inson huquqlari va davlat suvereniteti ğoyalariga sodiqligi, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qoidalari ustunligi tan olingan holda uluğ xalqimiz tafakkuri durdonalari bilan boyitilgan yuksak maʼnaviyat va maʼrifat ğoyalariga asoslangan.
Konstitutsiyamizda belgilangan ustuvor vazifalarni, davlatimizdagi mavjud qonunlarda körsatilgan talablarni bajariş, qabul qilinayotgan qarorlarni amalga oşiriş, ularning qonuniyligini taʼminlaş, inson huquq va manfaatlarini himoya qiliş esa asosiy vazifamizdir.
Sardor Matçonov,
tuman prokurorining yordamçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶