YaXŞI MUOMALA – INSON ZIYNATI
Bismillahir rohmanir rohiym.
Inson özi tanho, odamlardan ajralib Robinzon Kruzoga öxşab, kimsasiz orolda yaşaşi, albatta, ança qiyin. U hamişa boşqalar bilan birgalikda muomalada böladi, köpçilik orasida yaşaşga könikkan.
Muomala ilmi – xavf, rijo, rizo, siddiq, ixlos kabi qalb holatlari haqidagi ilmdir. Tarixda uşbu ilmni mukammal egallaş bilan köpgina ulamolarimiz el orasida olimlik martabasiga erişganlar. Masalan, islom tarixida Sufyon Savriy, Abu Hanifa Köfiy, Imomi Molik, Imomi Şofʼiy, Imomi Ahmad ibn Hanbal (rahmatullohi aʼlayh)lar şunday insonlar sirasiga kiradilar.
Musulmon odam turli toifadagi insonlar bilan yaxşi muomalada bölişga harakat qilmoği, döstiga ham, duşmaniga ham özini xor tutmasligi, ularning haybatidan çöçimasdan, kibrdan yiroq bölgan holda, ehtirom va tavozʼe bilan muomala qilişi kerak böladi. Komil inson barça işlarda möʼtadil bölmoği va bir tarafga oğib ketmasligi darkor. Aqlli inson jamoat joylarida tiş kavlamasligi, barmoqlarini şiqirlatib qarsillatmasligi, kiyimini kiymasdan yelkasiga solib ötirmasligi, soqol va uzuklarini köz-köz qilib siypalayvermasligi kerak.
Odamlarning yuziga qarab esnamasligi, aksirmasligi, taom yeganda va içganda xörillatib, oğzini şapillatmasligi maʼqul. Ötirişlar va töy-maʼrakalarda vazminlik va sokinlik bilan ötirib-turişi, aytmoqçi bölgan fikrini şoşilmasdan, obdon miyasida pişitib, keyin gapirgani durust böladi.
Jamoat joylarida sabr va qanoat sukut bilan boşqalarni köproq eşitib, tilga emas, quloqqa kuç berişning afzalliklari töğrisida ham faqihlarimiz eslatib ötganlar.
Beʼmani gaplarni gapirmaslik, birovlarning ğiybatini qilişdan tiyiliş va davlat rahbarlari şaʼni va şaxsiyatiga örinsiz va nomunosib bölgan sözlarni aytişga mutlaqo yöl qöymasliklari qatʼiyan şart. Özining bola-çaqasini, xotinini, yozgan ijodiy işlarini va qilgan yaratuvçanliklarini köpçilik oldida aytib, özini-özi maqtaşi odob dasturimizga yot harakat hisoblanadi. Boşqa birovlarning maqtovga loyiq bölgan ibratli işlarini jamoat içida xolis maqtab, baho berilsa joiz. Ammo yomonlab, hasad qilişdan tiyilmoq zarur. Jamoat joylarida sözlovçining gapiga nihoyatda eʼtiborli bölişimiz, uning gapidan öta ajablanganligimizni yon-atrofdagilarga sezdirmasligimiz va boşqalardan gapni takroran aytişini söramasligimiz lozim.
Kiyiniş borasida ham öta yasanişga öç bölmasdan, örtaça holatda, öz yoşimizga munosib kiyimlar kiyişimiz, xuşböy atirlarni ham meʼyoridan oşirib yubormasligimiz zarur. Birovga hojatimiz bölsa, unga haddan taşqari yalinib-yolvormasdan, yalinçoqlik qilişimiz odobdan emas. Har qanday joyda biron kimsaga zulm qiliş islomda va dunyoviy qonunçiligimizda ham mutlaqo man qilingandir. Biror kişi bilan tortişib qolganda öz joyimizda viqor bilan, şoşilmasdan jahlimizni bosib olib, hujjat va faktlarni yaxşilab öylab, keyin javob qaytarsak, maqbul böladi.
Yaxşi kunlaringdagina, mansabing borida döst tutinuvçi odamlarni tanib- bilib oliş, ulardan olislaşiş kerak. Çunki ular duşmanlarning qilmişini har lahzada qilib qöyişi mumkin. Ötirişlarga va biron majlisga kirganda amri maʼruf qilinmayotgan yoki qurʼon tilovat etilmayotgan bölsa, “assalomu alaykumlar”, demasdan, “assalomu alaykum”, deb salom berib, ötirganlarning orasini yorib ötmasdan, qayerda böş joy bölsa, öşa yerga ötiriş va u yerdagi uluğlarga, ulamolarga söraşişlariga imkon beriş, undan keyin öng tarafdan söraşib boşlaş mumkin.
Aqlli inson öz boyligi va molining miqdorini jamoatda maqtamaydi. Çunki bundan boşqalarga kamlik kelişi yoki taʼma qilişi ham mumkin. Baʼzilar manmanlik feʼli sababli boşqalarni nazar-pisand qilmaydi, bu aslo mumkin emas. Zaif va ğarib insonlarning ham barçasi bilan teng muomala munosabatda bölişiga imkon beriş – bu aʼlo darajadagi odob xususiyatlaridandir. Xöjanazar Huvaydo aytadilar:
Hoki poyi yaxşilar böl, hok bölmasdan burun,
Bu qora yer bağri senga çok bölmasdan burun.
Şayx Saʼdiy özlarining “Guliston” asarida şunday deydilar: “Bir kuni qölimga tuşgan loy (gil) parçasidan söradim: “Namunça xuşböy bölmasang? Sening bu xuş-böyligingdan mast bölayozdim-ku?” U esa bunday javob berdi: “Aslida men heç kim eʼtibor bermaydigan bir loy (gil) parçasi edim. Ammo maʼlum muddat atirgul ösgan joyda böldim. Yaʼni, mendagi bu xuşböy muattarlikning asl sababi atirguldir”. Ha, bu örinda yaxşi insonlar bilan birpasgina hamsuhbat bölişning foydasi şayx tomonidan (aslida nazmiyda) yuksak darajada ifodalangan.
Payğambarimiz (s.a.v) öz hadislarida: “Yaxşi örtoq muşkanbar sohibi, yomoni esa temirçining olov purkovçi bosqoni kabidir. Muşki anbar egasi yo bu xuşböylikdan bir miqdorini senga hadya etadi yoki sen undan xarid qilasan yoxud uni hidlab foyda olasan. Ammo temirçi bosqonidan çiqayotgan alanga yo sening kiyimingni yondiradi, heç bölmasa, uning badböy hididan hidlaşga majbur bölasan”, – deganlar. (Imom Buxoriy, “Tajridi Sarih”, 1-jild, 28-sahifa).
Odamlar hayotida ikki narsa bilan taqdirlanadilar: yaxşilik qilgan – yaxşilik bilan, yomonlik qilgan – yomonlik bilan. Bu – qaytar dunyo hikmati, sinab körilgan haqiqat. Uç narsa kişini qiynab, umrining za-volini tezlaştirişi mumkin: baxil inson bilan birga yaşaş, tepsa-tebranmas kişi bilan ulfat böliş va bajarilişi uzoqqa çözilgan vaʼda.
Odobli odam ota-onasiga va yaqinlariga muomala borasida har qanday yomon xatti-harakatlardan saqlanadi. Ular bir narsani, aytsa yoki buyursa “uf” demasligi, doimo yaxşi sözlar aytib, köngillarini kötarib qöyişi uning farzandlik burçi ekanligini unutmasligi zarurdir. (Bu masala “Qurʼon”ning “Al-Isro” surasi, 23-oyatida ham keltirilgan).
Farzandlar heç vaqt ota-onasining ismlarini aytib çaqirmasligi, balki “oyijon”, “dadajon” deb çaqirgani maʼqul va afzal hisoblanadi. Uluğ sahobalarimizdan Abu Hurayra (r.a.) “Otangizning oldida yurmanglar, uni ismlari bilan çaqirmanglar va undan oldin ötirmanglar”, – deganlar. (Imom Buxoriy rivoyati).
Ota-ona, qariyalar, katta olimlar, davlat rahbarlari, ustoz-muallimlar kelsa, ularning hurmatini joyiga qöyib, örnidan turib, quçoqlaşib körişsa – bu yaxşi odobdir. Payğambarimiz (s.a.v) bir joyda ansoriylarning kattalaridan bölgan Saʼd ibn Muoz kelganlarida bunday deganlar: “Boşliqlaringiz uçun örningizdan turing”. (Imom Buxoriy rivoyati).
Uluğlarimiz aytibdilarki, barça sarmoyalarning yaxşisi va jamiki ziynatlarning mahbubroği – bu muomala odobidir.
Zero, hazrat Navoiy aytganlaridek:
Ayş, Navoiy, neça dilkaşdurur,
Lek adab birla hayo xuşdurur.
Hayovu adab birla tuzgil maoş,
Yana ayla, taʼzimu hurmatni foş!
Ne el yori bölsang, alar rangi böl,
Neçuk borsang, tutkil ul sori yöl.
Qodirbergan hoji

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶