2018-YILDA AMALGA OŞIRILGAN IŞLAR SARHISOBI: Quriliş
2018-yilda maydoni 2 sotix bölgan 3 xonali 75 ta arzon uy-joylar, şuningdek, davlat xizmatçilari uçun 9 ta, profilaktika inspektorlari uçun 5 ta xizmat uylari qurilib, foydalanişga topşirildi.
“Yangiobod-1” massivida 80 ta xonadonga möljallangan 5 ta 2 qavatli, 16 xonadonli arzon uy-joylar, jami 212 ta arzon uy-joylar qurilişi olib borilayapti.
2018-yilda 30 ga yaqin kam taʼminlangan oilalarning uy-joylari homiylar (kasaba uyuşmalari va pudratçi taşkilotlar) yordami bilan joriy taʼmirlandi. 20 ta köp qavatli uylarda davlat va aholi mablaği hisobidan mukammal hamda joriy taʼmirlaş işlari amalga oşirildi.
Joriy yilda tumanda barça manbalar hisobidan 4 ta maktab rekonstruktsiya qilindi va mukammal taʼmirlandi. Şuningdek, 7 ta maktabda joriy taʼmirlaş işlari amalga oşirildi. Bundan taşqari, 3 ta maktabgaça taʼlim muassasasi binolari rekonstruktsiya qilindi, yana 3 ta MTM binosi mukammal va 6 ta MTM binosi joriy taʼmirlandi.
Tibbiyot maskanlarida aholiga qulaylik va şaroitlar yaratiş maqsadida 1 ta qişloq oilaviy poliklinikasi, 1 ta qişloq vraçlik punkti binosi mukammal taʼmirlandi, 2 ta QOP binosida esa joriy taʼmirlaş işlari amalga oşirildi. Şuningdek, joriy yilda tuman köp tarmoqli markaziy poliklinikasi binosi ham joriy taʼmirlandi.
2018-yilda Olmazor mahallasida qiymati 4 mlrd. 940 mln. sömlik yopiq suv havzasi qurib bitkazildi va foydalanişga topşiriliş arafasida. Qiliçboy aholi dam oliş markazi binosida qiymati 1 mlrd. 456 mln. sömlik mukammal taʼmirlaş işlari amalga oşirilib, zamonaviy qiyofa kasb etdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶