Vatanimizning jajji himoyaçilari
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev maktabgaça taʼlim sohasiga juda katta eʼtibor qaratmoqda. Şu eʼtibor samarasi ölaroq tumanimizda köplab yangi bolalar boğçalari foydalanişga topşirildi. Bularni körib közingiz quvonadi. Bu boğçalarning barçasida yetarli şart-şaroitlar mavjud. Biz ota-onalar esa farzandlarimizdan könglimiz xotirjam bölib işlaymiz.
Mening ham öğlim tumanimizdagi “Amu quyoşi” nomli bolalar boğçasida tarbiyalanayapti. Boğça yaqinda iş boşlagan bölişiga qaramay, bolajonlarning sevimli maskaniga aylanib ulgurdi, deya olaman.
Bir kuni öğlim Jahongir boğçadan kelib,
– Oyi men endi askar bölmoqçiman. Hammangizni himoya qilmoqçiman, – dedi. Buni eşitgan buvisi juda sevindi. Singlisi bilan öynayotganida esa:
– Men katta bölsam askar bölaman, özim seni himoya qilaman, – deb qöydi.
Bilsak, boğçasida 14-yanvar-Vatan himoyaçilari kunida tadbir ötkazişga tayyorgarlik körişayotgan ekan. Öğlim tadbir böladigan kunni rosa intiqlik bilan kutdi. Boisi u harbiy formada tadbirda iştirok etdi. Bu jarayonda uning könglida harbiylarga – Vatan himoyaçilariga nisbatan katta hurmat va iftixor tuyğusi uyğongani şubhasiz. Bunday jajji himoyaçilar orasidan kelajakda köplab vatanimiz himoyaçilari yetişib çiqişadi. Biz ota-onalar farzandlarimizga qaratilayotgan bunday eʼtibordan juda xursandmiz. Öylaymizki, bu qilinayotgan işlar öz samarasini körsatadi. Öğil- qizlarimiz vatanimizga munosib farzandlar bölib ulğayişadi.
Marhabo Matçonova, 5-sonli maktabning
ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶