85 ta obʼekt va 135 xonadon IIB Qöriqlaş bölimining texnik qöriqlaş punkti tomonidan işonçli qöriqlanmoqda
Tuman IIB Qöriqlaş bölimi xodimlari korxona va taşkilotlarda, maktablarda, maktabgaça taʼlim muassasalari va mahallalarda qöriqlaş xizmati böyiça tarğibot-taşviqot işlarini samarali ötkazib kelişmoqda. Qöriqqa olingan obʼekt va xonadonlar sonini köpaytiriş, xizmat samaradorligini oşirib boriş maqsadida aholiga qöriqlaş xizmatining turlari, afzalliklari va undan foydalaniş qulayliklari töğrisida keng tuşunça berilmoqda. Taʼkidlaş kerakki, yangidan aholi xonadonlari va tadbirkorlik obʼektlarini qöriqqa oliş jarayonida uşbu joylarga örnatiladigan signalizatsiya vositalari bepul örnatilib berilayotgani hamda xonadon sohiblaridan oylik xizmat haqidan boşqa heç qanday tölov talab etilmasligi foydalanuvçilarga juda qulay bölmoqda. Şaxsiy imoratlar, mol-mulklar, moddiy boyliklar qatorida fuqarolarning xavfsizligi ham taʼminlanib, jinoyatçilik va köngilsiz hodisalar yuz berişining oldi olinmoqda.
Qöriqlaş naryadlari tomonidan olib borilayotgan işlar natijasida bugungi kunga qadar qöriqdagi obʼekt va xonadonlarning birontasida öğirlik va boşqa köngilsiz hodisalar yuz bermadi. Işonçli qöriqlanişni taʼminlaş maqsadida texnik qöriqlaş punkti tezkor harakatlanuvçi guruhi naryadlari tomonidan tunda ham qöriqdagi obʼektlar joylaşgan hududlar xizmat avtotransportida muntazam nazorat qilinmoqda. Undan taşqari, qöriqdagi obʼektlarga videokuzatuv, qöriqlaş hamda yonğindan xabar beruvçi signalizatsiya, “taşviş” tugmalarini örnatiş böyiça kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Ovul va mahallalarda aholi örtasida ötkazilayotgan uçraşuvlarda ham qöriqlaş xizmatidan foydalanişning afzalliklari, qulayliklari keng tuşuntirilayotganligi natijasida qöriqdagi obʼektlar soni köpaydi va bugungi kunda jami 85 ta obʼekt va 135 xonadon IIB Qöriqlaş bölimining texnik qöriqlaş punkti va xodimlari tomonidan işonçli qöriqlanib kelinmoqda. Yangidan qöriqqa olingan obʼektlarga içki va taşqi tomonida sodir etilayotgan har xil harakatlarni kuzatib turuvçi videokuzatuv kameralari örnatildi. Mazkur obʼektlarda sodir bölişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularning texnik jihatdan mustahkamligini öz vaqtida nazorat qilib boriş va bölim şaxsiy tarkibining jangovar tayyorgarligini oşiriş maqsadida bugungi kungaça 55 marotaba “Taşviş” amaliy-taktik öquv maşğulotlari ötkazildi.
Maqsadimiz – bizga işonib topşirilgan davlat, jamoat hamda fuqarolarning şaxsiy mulkini işonçli qöriqlaş va turli köngilsiz hodisalarning oldini olib, aholi tinçligi, xavfsizligini taʼminlaşdir.
Matnazar Duysenboyev,
tuman IIB Qöriqlaş bölimining
texnik qöriqlaş punkti boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶