Vatan himoyasi – har birimizning burçimiz
Inson uçun Vatan aziz va qadrlidir. Şu aziz Vatanni köz qoraçiğidek asraş va himoya qiliş har birimizning muqaddas burçimiz. Qolaversa, bu tuyğularni yurt kelajagi bölgan yoş avlod onggiga singdiriş, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş va mamlakat kelajagi uçun masʼuliyat hissini oşirib boriş asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bularni amalga oşiriş nafaqat Vatan posbonlari va harbiylarning, balki, jamoatçilikning ham vazifasidir. Ana şu vazifalarni amalga oşirişga sidqidildan hissa qöşib kelayotgan bir guruh yurtdoşlarimizni Vatan himoyaçilari kuni bayrami arafasida suhbatga çorladik.
Mahmud MAHMUDOV, 9202 «D» harbiy qismi guruh komandiri, kiçik serjant:
— Men öquvçilik paytlarimdayoq ona Vatan himoyaçilari bölgan harbiylarimizga, ularning jangovar maşqlarni bajarişdagi harakatlariga, yuriş-turişlariga havasim kelardi. Özim ham bir kuni Vatan himoyaçisi bölişni orzu qilardim.
2014-yilda mening orzuim amalga oşdi. Şu yildan Davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlarida xizmat qila boşladim.
Ayni kunda men 9202 «D» harbiy qismda guruh komandiri sifatida 10 nafar askar bilan muntazam ravişda faoliyat olib borayapman. Harbiylar iştirokida ötkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy maşğulotlar ularning qalblarida ona Vatanimizga bölgan mehr va muhabbatni kuçaytirib, ona yurtni köz qoraçiğidek asraşga ruhlantirmoqda. Şu bilan birga jangovar tayyorgarlik davrida ötkazilayotgan amaliy maşğulotlar ularda yangi texnikalardan, ayniqsa, zirhli maşinalardan foydalanişdagi bilim va könikmalarini oşirmoqda.
2017-yilda Davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlari örtasida ötkazilgan «Eng ilğor ekipaj komandiri» musobaqasida faxrli uçinçi örinni egallaganim meni öz ustimda yanada köproq işlaşga, çegara qöşinlarida foydalaniladigan texnikalar imkoniyatlarini, ularning barça sir-sinoatlarini puxta örganişga va şu bilimlarni yoş askarlarga mukammal örgatişga daʼvat etdi. Şu sababli bor kuç-ğayratimni guruhimdagi askarlarning ona Vatanimiz çegaralarini qöriqlaşdagi bilim va mahoratlarini, jasurligini hamda fidoyiliklarini şakllantirişga safarbar etmoqdaman.
Fursatdan foydalanib men barça harbiylarni bayram bilan muborakbod etaman!
Otamurod YuSUPOV, “Dörman” qişloq xöjalik kasb-hunar kollejining çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçisi:
– Bizning “Dörman” qişloq xöjalik kasb-hunar kollejimizda 3-bosqiçdagi guruhlarda mazkur fan böyiça ötkazilayotgan maşğulotlarda öquvçilarga fuqaro mudofaasi, favqulodda vaziyatlar haqida tuşunçalar berib borilmoqda. Şuningdek, ularga amaliy maşğulotlar davomida harbiy maşqlar, favqulodda vaziyatlarda özi va atrofidagilar hayotini muhofaza qiliş, birinçi tibbiy yordam körsatiş könikmalari örgatilmoqda. Öquvçilar barçasini astoydil qiziqiş bilan örganişmoqda.
Kollejda dars maşğulotlari alohida maxsus jihozlangan xonada ötkaziladi. Undan taşqari, öquvçilar kollejda taşkil etilgan “Yoş çegaraçilar”, “Şunqorlar”, “Yoş qutqaruvçilar” tögaraklarida muntazam iştirok etib kelişmoqda. Tögarak aʼzolari tuman, Pespublika miqyosida ötkazib kelinayotgan körik-tanlov, bellaşuv va sport musobaqalarida ham faol qatnaşib, faxrli örinlarga ega bölişmoqda. Kollejimizning “Yoş çegaraçilar” jamoasi 2011-yilda ötkazilgan bellaşuvning Özbekiston Pespublikasi bosqiçida iştirok etib, faxrli 1-örinni qölga kiritişga muvaffaq bölişdi. Bu nafaqat biz, balki butun Qoraqalpoğiston uçun juda katta yutuq böldi. Barça musobaqalarda faol iştirok etib kelayotgan “Jangovar” jamoasi ham 2014-2015 öquv yilida ötkazilgan “Şunqorlar” harbiy-sport musobaqasida Qoraqalpoğiston Pespublikasida faxrli 1-örin ğolibi bölib, Özbekiston miqyosidagi bosqiçda ham qatnaşişdi va “Faxriy yorliq” bilan taqdirlanişdi. Öquvçilarimiz ötgan 2017-2018 öquv yilida ötkazilgan “Yozgi biatlon” sport musobaqasida Qoraqalpoğiston Pespublikasida 1-örinni egallaşdi hamda Özbekiston Pespublikasi bosqiçida iştirok etib, 3-örin sohibi bölişdi va “Faxriy yorliq”, sovğalar bilan qaytişdi.
Ayni paytda biz taʼlim bergan öquvçilar milliy xavfsizlik xizmati, içki işlar, soliq va şu kabi sohalarda xizmat körsatib, jamiyatga naf keltirişmoqda. Biz ular bilan doim faxrlanib, keyingi avlodlarga örnak qilib körsatamiz.
Uluğbek Aytimbetov Qangli OFY harbiy hisob bölimi boşliği:
- Qangli ovuli qardoş Turkmaniston Pespublikasi bilan çegara hududda joylaşgani uçun ovulimiz yoşlari va hududimizdagi çegara posti askarlari bilan tez-tez uçraşuvlar ötkazib turamiz. Şundanmi, qanglilik yoşlar orasida mamlakatimizning turli hududlaridagi harbiy qismlarda faoliyat yuritayotgan zobitlar ham köpçilikni taşkil etadi.
Ayni paytda ovulimizda 318 nafar harbiy xizmatga layoqatli yoşlar röyxatga olingan. Şulardan 86 nafari jismonan yetuk va soğlom yoşlardir.
Hududimizdan muddatli harbiy xizmatni ötayotgan 3 nafar yoşlar xizmat qilayotgan harbiy qismlardan ularning ona-onalariga taşakkurnomalar bildirilgan xatlar kelganidan ayonki, qanglilik yoşlar hamişa ona Vataniga sodiq, jangovar harbiy-taktik maşğulotlarda faol!
Ovulimiz yoşlaridan 32 nafari 2018-yil davomida safarbarlik rezervi qöşinlari qismlarida şartnoma asosidagi harbiy xizmat burçlarini ado etişdi. Yana 28 nafar yoşlar bilan şartnomalar rasmiylaştirilmoqda. 2019-yilgi muddatli harbiy xizmatga çaqiriluvçi 31 nafar yoşlar harbiy jangovar hamda nazariy-ilmiy test sinovlarini muvaffaqiyatli topşirişib, tibbiy körikdan ötişdi. Çaqiriluvçilar harbiy-tibbiy va jismoniy tayyorgarlikdan ötkazuvçi komissiya xulosalaridan söng, mamlakatimiz mudofaa tizimidagi harbiy qismlarda öz yigitlik burçlarini ötaş uçun jönab ketişadi.
Men fursatdan foydalanib, ona Vatanga xizmat qilişdek muqaddas va şarafli kasb egalari – harbiylarimizni, zobit va askarlarni, xalqimizni 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni bilan samimiy tabriklayman. Yetuk va barkamol yigitlarimiz omon, Vatanimiz tinç, obod bölsin!
Ilhom ÖPOZBOYeV, Bobur OFY harbiy hisob bölimi boşliği:
– Hududimizda 583 nafar harbiy xizmatga çaqiriluvçilar bor. Şularning 12 nafari muddatli harbiy xizmatga boriş uçun tuman Mudofaa bölimiga murojaat qilişib, ayni kunda tibbiy tekşiruvlardan ötişdi, 2 nafari muddatli harbiy xizmatda, oliy maʼlumotli, ikki nafar yigit yaqinda muddatli harbiy xizmatni tugatib kelişdi. 35 nafar yigit safarbarlik çaqiruv rezervida xizmat qiliş uçun tayyor, 7 nafari harbiy xizmatning şu turida xizmat qilişayapti. Ovulimizning 5 nafar öğloni muddatli harbiy xizmatini ötab, şu sohada şartnoma asosida xizmat qilişmoqda. 2018-yilda Vatan oldidagi burçini ado etgan 2 nafar yigit ham şartnoma asosida harbiy xizmatni kasb sifatida sidqidildan ado etişayotir.
Vatanni seviş – eng muqaddas tuyğu. Öquvçi-yoşlar könglida şu tuyğuni tarbiyalaş maqsadida va 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan 2018-yilning 26-dekabrida Amudaryo melioratsiya va suv xöjaligi kasb-hunar kollejida, joriy yilning şu kunigaça esa 6-, 45-maktablarda harbiy vatanparvarlik mavzusida tadbirlar ötkazdik.
Polvonnazar Ismoilov, Çirçiq oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurti kursanti:
– Muddatli harbiy xizmat ötagan davrlarim hayotimda katta özgariş yasalişiga sababçi böldi. Çunki men öquvçilik davrimda iqtisodiyot sohasidagi kasblardan birini tanlab, şu yönalişda öqişni davom ettirişni közlagan edim. Ammo har doim hamma narsa istaganingdek davom etmas ekan. Oliy öquv yurtiga kirolmaganimdan keyin bir yillik harbiy xizmatga jönab ketdim. U yerda qudratli milliy Armiyamiz safida xizmat qiliş ham şarafli, masʼuliyatli vazifa ekanligini anglab yetdim va kelajakda harbiy bölib, Vatan mudofaasiga hissa qöşişga qaror qildim.
Niyatimni amalga oşiriş uçun Çirçiq Oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurtiga öqişga kirdim. Hozir ikkinçi bosqiçda taʼlim olayapman. Bu yerdagi darslar, harbiy tayyorgarlik maşğulotlarida mahoratimni oşirib, bilimlarni puxta özlaştirib olganimdan söng, havo-desant qömondonligi böyiça ofitser bölib, bor kuç-ğayratimni Vatanim oldidagi muqaddas burçimni bajarişga safarbar etaman. Ona yurt sarhadlarini mustahkam himoya qiliş va milliy Armiyamizning mudofaa qudrati oşişiga hissa qöşiş juda şaraflidir. Barça Vatan himoyaçilari kabi, albatta, bunga doim tayyorman!
Laziz MATSAPAYeV, 6-sonli maktabning çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçisi:
– Men faoliyat körsatayotgan 6-sonli umumtaʼlim maktabida yoşlarni, ayniqsa, yuqori sinf öquvçilarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş işlariga alohida eʼtibor beriladi.
Çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçisi sifatida men 10-11-sinf öquvçilariga harbiy vatanparvarlik yönalişi böyiça taʼlim beraman. Maşğulotlarim jarayonida men yoşlarni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaşga, ularga harbiy texnikalar haqida kengroq tuşunça berişga va harbiylar hayoti bilan taniştirib borişga köproq harakat qilaman.
2018-yil davomida maktabimizning 10- va 11-sinflari öquvçilarini 3-marta tumanimiz hududida joylaşgan va 1-marta Nukus şahrida joylaşgan harbiy qismlarga nazariy-maşğulotlarga olib bordim.
Harbiylarimiz hayoti va faoliyati haqidagi tasavvurlarga ega bölgan öquvçilarimiz “Vatan himoyaçisi” degan tuşunçaga köproq eʼtibor berişadi. Ularning barçasida ham ona Vatan himoyaçisi böliş, uni köz qoraçiğidek asraş kabi yuksak orzu-umidlar, iştiyoqlar paydo bölayapti.
Men yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş borasidagi bilim va tajribalarimni yanada oşirib, Vatan himoyaçilari saflarining kengayişiga öz hissamni qöşaman.
Suratda: “Dörman” qişloq xöjalik kasb-hunar kollejining çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçisi Otamurod Yusupov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶