VATAN HIMOYaSI MARDLARGA YaRAŞADI
Tinçlik – bu xotirjamlik va barqarorlik, imon esa qalb xotirjamligidir. Demak, tinçlik va imon tuşunçalari bir-biriga juda yaqin.
Tarixdan maʼlumki, xalqning tinçligini taʼminlaş va hududlarni himoya qilişga öşa yurtning öğlonlari safarbar etilgan. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam davrlarida ham bir jamoa kişilar safarlarda tunlari qöriqçilik qilib çiqqanlar. Abu Atiyya roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sallollohu alayhi vasallam bir kişi vafot etganini bilib, qay biringiz uni biror yaxşi amal(ni bajarayotgan)ida körgansiz?” –deb söradilar. Bir kişi: “Men u bilan Alloh yölida bir keça qöriqçi böldim”, – deb aytdi. Payğambarimiz alayhissalom va u zot bilan ötirganlar örinlaridan turib, janoza namozini öqişdi. Mayyit qabriga qöyilgaç, Rasululloh sallollohu alayhi vasallam qöllari bilan tuproq tortdilar. Söng (mayyitga qarab): “Men sening jannat ahlidan ekaningga guvohlik beraman”, – dedilar”. (Imom Tabaroniy rivoyati).
Vatan himoyasi faqat harbiylarning emas, balki şu zaminda yaşayotgan har bir fuqaroning burçilir. Himoya qiliş deganda faqat qurol bilan emas, kerak bölsa, söz bilan, maʼrifat bilan, yoş avlodga vatanparvarlik ruhida tarbiya beriş, ğanimlarga raddiya beriş bilan Vatanga toş otuvçilar va iğvogarlarga qarşi kuraşiş, ogohlik va huşyorlikni oşirişga daʼvat qiliş yöllari orqali inson öz yurtini, millatini, xalqini himoya qilişi tuşuniladi. Bu ham imoniy burç va musulmon kişining masʼuliyatidir.
Vatan himoyaçisi böliş esa yanada şarafli burçdir. Kindik qoni tökilgan Vatanni, şu mustaqil yurtning har bir qariç tuproğini köz qoraçiğiday asrab-avaylaş inson uçun göyo öz oilasini, şaʼnini, or-nomusini, imon-eʼtiqodini himoya qiliş kabidir. Bu yölda fidoyi bölgan kişi yuksak maqomga yetişi, ulkan ajrlar sohibi bölişi haqida başoratlar mavjud. Payğambarimiz Muhammad (s.a.v.) marhamat qilib aytganlar: “Kimki Alloh taolo yölida bir kun yoki bir keça çegara poylasa, unga bir oy kunduzi röza tutib, keçasi ibodat qilganlik savobi yoziladi. Kimki sarhadni qöriqlab turganda halok bölsa, unga ham xuddi şunday ajr-u savob mukofoti böladi va şahidlik maqomi berilib, barça fitnalardan omonda böladi”.
Vatanga muhabbat, yurtni har qanday kuçlar xurujidan hamişa himoya qiliş tuyğusi naqadar uluğligi haqida Hazrati Ali karramallohu vajhahu bunday deganlar: “Ona-Vatanni seviş tufayli dunyo obod bölur”. Vatan himoyaçilari esa yurtimizning tinçligi va osoyiştaligini taʼminlaşda kamarbasta bölmoqdalar.
Alloh taolo mustaqil yurtimiz sarhadlarini sergaklik bilan qöriqlab, yurtimizda tinçlik va xotirjamlik hukm surişi yölida Qurolli Kuçlar saflarida xizmat qilayotgan barça harbiy xizmatçilarni, otalarimiz, opa-singillarimiz, farzandlarimiz va aka-ukalarimizni Özining hifzu himoyasida saqlab, aziz diyorimiz, tinçligi va mustaqilligimizni bardavom qilsin.
Öktam QurbOniyazov, “Nöğoy eşon” jomeʼ
masjidi imom-xatibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶