NILUFAR XOLBOYeVA: IMKONIYaTI ÇEKLANGAN YuRTDOŞLARIMIZGA KATTA EʼTIBOR QARATILMOQDA
Baʼzan atrofimizdagi odamlarga nazar solib, tört muçasi soğ böla turib hayotdan öz örnini topolmaganidan, turmuşidan, zamonadan astoydil noliyotganlarini eşitib qolaman. Şunday paytda: “axir siz soğlomsiz-ku, harakat qilsangiz, izlansangiz hamma narsaga erişasiz”, – degim keladi.
Men Özbekiston Nogironlar jamiyati tuman bölinmasi rahbari sifatida tumanimizdagi mahallalarda yaşovçi imkoniyati çeklangan insonlar, ayniqsa, yoşlar bilan köproq muloqotda bölaman va ularning qalblaridagi kelajakka işonç, özlari qiziqqan kasb-korni egallaş va öz hunari, bilimi bilan jamiyatga foyda keltirişga intiliş tuyğusi baʼzi soğlom odamlarga nisbatan ustunroq ekanligini his etaman.
Ötgan 2018-yil davomida jamiyatimiz aʼzolari hayotida biri-biridan dillarda jöşqin, gözal tuyğular uyğotuvçi tadbirlarning köp bölganidan ayonki, imkoniyati çeklangan insonlarning deyarli barçasi jamiyatimizda röy berayotgan yangilaniş va özgarişlardan mamnun. Hatto ana şu jarayonlarning faol iştirokçilari hamdir.
Turli bayramlar sanalari munosabati bilan bölib ötadigan tadbirlarimizda jamiyatimiz aʼzolari dildan yayraydilar. Homiylar tomonidan bayram sovğalari bilan taqdirlanadilar. 20 nafar imkoniyati çeklangan bolajonlar esa tuman Nogironlar jamiyatining doimiy eʼtiborida. Ular uçun homiylar tomonidan taşkillaştiriladigan bayram tadbirlarida nihoyatda faol iştirok etadilar. Şeʼrlar öqib, aşulalar aytişadi, raqsga tuşişadi. “Assalom, Navröz!”, “Rang-barang böyoqlar olami”, “Mustaqillik – mening taqdirimda” kabi tadbirlarda öz ijod namunalari bilan iştirok etgan imkoniyati çeklangan bolajonlarning iqtidorlari, intilişlarini körib, ularni “nogiron” deyişga tili bormaydi insonning. Çunki bu bolajonlar hayotdan zavq olib, uning qadrini soğlom insonlardan ham teranroq his etadilar, oldinga intilib yaşaşdan aslo tolmaydilar.
Tuman Nogironlar jamiyati aʼzolari uçun 3-dekabr – “Xalqaro nogironlarni himoya qiliş kuni” munosabati bilan har yili fayzli dasturxon yoziladi. Uşbu sana 2018-yilda ham kötarinki ruhda nişonlanadi. “Istiqlol” töyxonasida bölib ötgan bayram tadbirida Nogironlar jamiyati, Közi ojizlar jamiyati hamda tuman ijtimoiy taʼminot bölimi tomonidan taklif etilgan jami 31 nafar imkoniyati çeklangan yurtdoşlarimizga hamkor taşkilotlar tuman hokimligi tomonidan sovğalar berildi.
Yangi yil arafasida bölib ötgan bayram tadbirlari ham jamiyatimiz aʼzolariga kötarinki kayfiyat bağişladi. Homiy taşkilotlar tomonidan tayyorlangan sovğalar taqdim etilayotgan lahzalarda, men doim bu insonlarning salgina eʼtibor va rağbatdan köngillari toğday yuksalganlarini, közlari quvonçdan yaşnab ketganlarni körib, ularning beğubor quvonçlariga oşna ekanligimdan mamnun bölaman. Bayram tadbirlarimizda jamiyatimiz bilan hamkorlik qilib kelayotgan saxovatpeşa yurtdoşlarimiz Dilorom Yusupova, Roza Önğarova, Gulçehra Döstjonova, Muhayyo Eşimbetova, Sanjar Saʼdullayev, Jamila Örozimbetova, Rahima Tilovmurodova, Şirin Dadaboyeva, Muqaddas Qurolova, Muborak Sobirova, Köklan Kudenov, Rustambek Davletov hamda Muqaddas Polvonovalarga çin dildan minnatdorçilik bildiraman.
Imkoniyati çeklangan bolalar örtasida doimiy ravişda ötkaziladigan şaxmat va şaşka böyiça musobaqalarda aynn ana şu yuqorida nomlari qayd etilgan yurtdoşlarimiz nafaqat ğolib sportçi bolalarni, balki musobaqaning barça iştirokçilarini öz sovğalari bilan taqdirlab, intilişlarini qöllab-quvvatlaydilar. Şuning uçun ham tumanimiz maktablarida individual taʼlim olayotgan imkolniyati çeklangan bolalar şaxmat sporti musobaqalarida doimo peşqadam. 55-sonli maktabdan Sevinç Tursunboyeva 2018-yilda öz tengqurlari orasida birinçilikni qöldan bermagan bölsa, Tursunboy Şukurullayev ikkinçi, Javohir Madrahimboyev uçinçi örin sohiblari böldilar va yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi hamda homiylar tomonidan esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Yangi 2019-yilni jamiyatimiz aʼzolari yanada kötarinki ruhda qarşiladilar. Özbekiston Nogironlar jamiyati tuman bölinmasi va xalq taʼlimi xodimlari kasaba uyuşmalari tuman Kengaşi tomonidan yangi yil sovğalari berilib, arça atrofida tomoşalar taşkil etildi.
Jamiyatimiz aʼzolarining kayfiyati yuqori. “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili”da öz xususiy tadbirkorligini yölga qöyiş, oliy öquv yurtlariga öqişga kiriş va hayotdan öz örinlarini topiş uçun intilib yaşayotgan nogironligi bor yoşlarning orzu-intilişlariga qanot bağişlab yaşaş esa menga kuç bağişlaydi. Va ularning barça orzulari röyobga çiqişini çin dildan istab, ular bilan birga intilişdan, bargalikda oldinga qadam taşlaşdan aslo çarçamayman.
Nilufar XOLBOYeVA, Özbekiston Nogironlar jamiyati tuman bölinmasi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶