Maktablarda taşkil etiladigan kuzatuv Kengaşlarining vazifalari, huquq va vakolatlari nimalardan iborat?
Barça sohalarda bölgani kabi xalq taʼlimi tizimida ham joriy etilayotgan islohotlar tufayli köpgina yutuqlarga erişilayotir.
Muhtaram Prezidentimizning “Xalq taʼlimini boşqariş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça-çora tadbirlar töğrisida”gi 2018-yil 5-sentyabrda qabul qilingan Farmonida sohada yöl qöyilayotgan kamçiliklarni bartaraf etiş orqali faoliyat samaradorligini oşiriş yöl-yöriqlari körsatib berilgan edi. Xususan, xalq taʼlimi tizimini boşqarişning samarali mexanizmalarini joriy etiş lozimligi, bu öz navbatida ösib kelayotgan yoş avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual rivojlantirişni sifat jihatdan yangi bosqiçga kötarişga asos bölişi taʼkidlangan.
Şu maqsadda umumiy örta taʼlim muassasasalarida kuzatuv Kengaşlari taşkil qiliş taklif qilindi. Yaqinda xalq taʼlimi vazirligi tomonidan işlab çiqilgan kuzatuv Kengaşlari haqidagi namunaviy nizom Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.
Endilikda nizomga muvofiq, taʼlim jarayonining şaffofligini taʼminlaş, jamoatçilik taʼsirini kuçaytiriş, öquvçilarning sifatli taʼlim olişlari, öqituvçi-pedagog xodimlarning mehnati munosib baholinişi va ularga munosib mehnat şaroitlari yaratiş, taʼlim-tarbiya jarayonini qöllab-quvvatlaş maqsadida har bir taʼlim muassasasida kuzatuv Kengaşi taşkil etiladi.
Kengaşning asosiy vazfilari nimalardan iborat?
Albatta, bu savol köpçilikni qiziqtiradi. Kengaş Özbekiston Pespublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va uning hududiy boşqarmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan taʼlim muassasasi rahbarini saylaş, şuningdek, belgilangan tartibda uni egallab turgan lavozimidan ozod etiş haqida takliflar kiritişi, taʼlim muasassasini rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini belgilaş, taʼlim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini tkaomillaştiriş, moliyaviy xöjalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet, byudjetdan taşqari, homiylik va boşqa mablağlardan foydalaniş böyiça körilgan çora-tadbirlar töğrisidagi hisobotlarini tinglaş, öquvçilar uçun yaratilgan şaroitlar ustidan tizimli ravişda monitoring örnatiş, ota-onalarning va öquvçilarning murojaatlarini körib çiqiş kabi vazifalarni hal etişga masʼul böladi.
Kengaş aʼzolari taʼlim muasassasi direktori, örinbosarlarining qarindoşlari, yaqinlaridan saylanişiga yöl qöyilmaydi. Maktab direktori Kengaş işini taşkil qiliş uçun masʼul hisoblanadi.
Kengaş yiğilişlari ötkazilganligi haqidagi bayonnomalar yiğiliş ötkazilgan kundan boşlab 3 kundan keçiktirmay, tegişli Xalq taʼlimi vazirligi hamda uning hududiy boşqarmalariga taqdim etilişi lozim.
Kengaş faoliyatiga tuman(şahar) xalq taʼlimi bölimi aralaşmaydi.
Kengaş maktab direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar orasidan eng munosibini oçiq ovoz beriş yöli bilan saylaş vakolatiga ega. Kengaş aʼzolari tomonidan nomzodga qarşi ovoz berilgan taqdirda, uni direktorlik lavozimiga tayinlaşni rad etiş haqida uni tavsiya etgan Xalq taʼlimi vazirligi yoki uning hududiy boşqarmalariga maʼlum qiladi.
Taʼlim muassasasini rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini belgilaş, maktabda taʼlim-tarbiya jarayonining sifatli taşkil etilişi böyiça jamoatçilik nazoratini örnatiş ham kengaşning asosiy vazifalaridandir.
Öylaymizki, maktablarda kuzatuv kengaşlarining taşkil qilinişi taʼlim jarayonining şaffofligini taʼminlaş, taʼlim jarayonini samarali boşqarişda jamoatçilik taʼsirini kuçaytirişga, pirovardida esa öquvçilarning sifatli taʼlim olişlari va mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşadigan kadrlar bölib yetişişi kabi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.
Otabek XIDIPBOYeV, tuman xalq taʼlimi bölimi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶