Tanlovda qatnaşing va ğolib böling!
Nogronligi bölgan şaxslar orasidan isteʼdodlilarni izlab topiş, umidli ijodkorlarni kaşf etiş, ularni öz ijodlarini namoyon etişlari uçun sahnaga çorlaş, isteʼdodlarini namoyiş qilişlarida zaruriy şart-şaroitlar yaratiş, qöllab-quvvatlaş, rağbatlantiriş, ijodiy izlanişlarini jonlantiriş hamda keng jamoatçilikka ijod namunalarini taqdim etiş orqali iqtidorli, isteʼdodli nogironligi bölgan yoşlarni aniqlaş va rağbatlantiriş, şuningdek, ularning ijodiy işlarini OAVda yoritiş yöli bilan özlariga bölgan işonçlarini oşiriş, nogironligi bölgan yoş ijodkorlarning bilim va malakalarini takomillaştiriş, ijod yönalişidagi qonun-qoidalarni örgatiş va tadbirkorlik hissini kuçaytiriş maqsadida Özbekiston yoşlar ittifoqi qoşidagi Respublika imkoniyati çeklangan yoşlar va bolalar Markazi nogironligi bölgan barça ijodkor bolalar va yoşlar uçun “Vatan – mening nigohimda” tanlovini ötkazadi.
Tanlovda iştirok etişni xohlovçilar 6 ta yönaliş, yaʼni:
tasviriy sanʼat:
bisser töqiş;
töqimaçilik;
hunarmandçilik;
öyinçoqlar yasaş;
suviner tayyorlaş (hajmi kiçik turdagi buyumlar) nominatsiyalari böyiça qatnaşişlari mumkin.
Uşbu tanlovda 7 yoşdan 14 yoşgaça nogironligi bölgan bolalar va 14 yoşdan 30 yoşgaça nogironligi bölgan yoşlar iştirok etadilar.
Iqtidorlilarni tanlaş tadbirlari uç bosqiçda ötkaziladi. Tuman (şahar) viloyat va Respublika bosqiçlari ğoliblari I, II, III darajali Diplomlar va esdalik sovğalari bilan taqdirlanadilar. Tanlovning 1-bosqiçi ğoliblariga Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma beriladi.
Tanlovning birinçi bosqiçida iştirok etiş istagidagi nogironligi bölgan 7 yoşdan 14 yoşgaça bölgan bolalar va 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan yoşlardan yoşlar ittifoqi tuman Kengaşida arizalar qabul qiliş boşlandi.
Tanlovda iştirok etiş uçun:
- markaz direktori nomiga ariza;
- şaxsni tasdiqlovçi hujjat (tuğilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxasi);
- 2 dona fotosurat (3x4 hajmda);
- nogironligini tasdiqlovçi TMEK maʼlumotnomasi talab etiladi.
Arizalar 2019-yil 30-yanvargaça qabul qilinadi.
iştirok etişni xohlovçilar yoşlar ittifoqi tuman Kengaşiga murojaat etişlari yoki 99 958 37 90 telefon raqamiga qönğiroq qilişlari mumkin.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶