MIB Amudaryo tuman bölimi tomonidan 2018-yilda 111 ta aholi xonadonlari hamda ulgurji isteʼmolçilar energiya resurslari tarmoğidan ajratildi
Elektr va gaz taʼminoti sohasida boşqaruv tizimini, nazorat va hisobga oliş mexanizmlarini yanada takomillaştiriş, tölov intizomini mustahkamlaş, javobgarlikni kuçaytiriş, ijro işi yuritişning samaradorligini tubdan oşiriş maqsadida taşkil etilgan Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman bölimining ötgan davr mobaynida sohada amalga oşirilgan işlar, belgilangan ustuvor vazifalar xususidagi yiğilişi bölib ötdi.
16-yanvar kuni Byuroning tuman bölimi rahbarligida ötkazilgan yiğilişda tumandagi korxona va taşkilotlar rahbarlari iştirok etdi. Yiğilişda Majburiy ijro byurosi tuman bölimi tomonidan ötgan 2018-yil davomida elektr energiyasidan 6 mlrd. 28 mln. sömlik 13 ming 218 dona, tabiiy gazdan 5 mlrd. 344 mln. sömlik 11 ming 728 dona, içimlik suvidan 473 mln. sömlik 2 ming 401 dona qarzdorlikni öz vaqtida bartaraf etiş böyiça bajarilişi majburiy bölgan talabnomalar berilganligi, bölim xodimlari tomonidan qarzdorligi mavjud 111 ta aholi xonadonlari hamda ulgurji isteʼmolçilar energiya resurslari, içimlik suvi tarmoğidan ajratilganligi, 126 ta isteʼmolçining energiya resurslari va içimlik suvidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangani töğrisida batafsil maʼlumot berildi. Şuningdek, energiya resurslaridan oqilona foydalaniş hamda isteʼmol qilingan elektr, tabiiy gaz va içimlik suvi uçun tölovlarni öz vaqtida amalga oşiriş, debitor qarzdorliklarni kamaytiriş kerakligi taʼkidlab ötildi.
Yiğiliş söngida yuzaga kelgan debitor qarzdorliklarni bartaraf etiş, joylarda tölov intizomiga qaʼtiy rioya etiş haqida tarğibot va taşviqot işlarini amalga oşirişni yanada kuçaytiriş yuzasidan tegişli çora-tadbirlar belgilab olindi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶