ÖZBOŞIMÇALIK BILAN QUPILGAN IMOPAT UÇUN MULK HUQUQINI OLIŞ AKTsIYaSI BÖYIÇA 2 MING 338 TA MUPOJAAT QABUL QILINDI
Özboşimçalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini oliş uçun tuman hokimi nomiga yozilgan ariza tegişli hujjatlar ilova qilingan holda imorat joylaşgan hududdagi Davlat xizmatlari markaziga topşiriladi.
Murojaat etuvçidan tegişli bölmagan boşqa hujjatlarni taqdim etişni talab qiliş taqiqlanadi. Ariza murojaat etuvçining öz imzosi bilan tasdiqlanadi. Agarda murojaat etuvçi tomonidan yolğon maʼlumotlar taqdim etilsa yoxud unga ilova qilinadigan hujjatlar töliq bölmasa, uning arizasi qabul qilişdan rad etiladi.
Şu kunga qadar tuman Davlat xizmatlari markaziga özboşimçalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini oliş uçun 2 ming 388 ta murojaat kelib tuşdi. Uşbu murojaatlardan 658 tasi böyiça özboşimçalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etiş hamda yer uçastkasiga umrbod egalik qiliş huquqi berildi.
Özboşimçalik bilan qurilgan turar joylarga mulk huquqini oliş böyiça aktsiya davom etmoqda. Bu böyiça tuman Davlat xizmatlari markaziga murojaat etilganidan söng, ariza bir soat içida tuman kadastr idorasiga tizim orqali yuboriladi. Kadastr idorasi ikki kun içida komissiya aʼzolariga xulosa oliş uçun imoratning texnik rejasini va fuqaroning arizasini elektron tizim orqali yuboradi. Uşbu tizim “Kadastr 2.0” deb nomlanadi va u jarayonda iştirok etuvçi taşkilotlar örtasida axborot almaşinuvini muvofiqlaştiradi.
Nazokat Madiyorova,
tuman Davlat xizmatlari
markazi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶