21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 13:07
Jamiyat 👁 2,735

Yangiliklar, voqealar, xabarlar

Yangiliklar, voqealar, xabarlar

Dushanba - nuroniylar kuni

Dushanba - "Olmazor" mahallasida faoliyat yuritayotgan "Salomatlik" sektori ish rejasida "Nuroniylar kuni" deya belgilanganligiga koʻra, mazkur sektor rahbari, hudud shifokori Nargiza Yoʻldosheva va diniy maʼrifat, maʼnaviy-ahloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi Gulnora Oʻrozboyevalar keksa otaxon Oʻtamurod Mamutov, onaxonlar Xolbika Avazboyeva, Malika Bozorboyevalarning xonadonlarida boʻlib, sogʻligini nazoratdan oʻtkazishdi. Salomatligini asrash, dori-darmonlarni qanday qabul qilish kerakligi toʻgʻrisida tavsiyalar berdilar.

Shoʻr yuvish qizgʻin

Qipchoq ovulidagi fermer xoʻjaliklari 2013-yilni barcha sohalar boʻyicha muvaffaqiyatli yakunladilar. Ayni kunlarda hosildan boʻshagan, sifatli shudgor qilingan dalalarda shoʻr yuvish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. 1136 gektar yer bir marta sifatli sugʻorilgan boʻlsa, 600 gektardan ziyod maydon ikkinchi marta sugʻorildi.

Ijodkorlar uchrashuvi

Shu yilning 27-dekabrida Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan faxriyjurnalist Saʼdulla Xoʻjaniyozov tashabbusi bilan tumanimizda yashab, ijod qilayotgan sheʼriyat ixlosmandlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda ijodkorlar oʻz ijodlaridan namunalar oʻqidilar, fikrlashdilar.

Uchrashuv havaskor-ijodkorlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Yosh qalamkashlar taqdirlandi

Yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini oʻstirish, "Obod turmush yili" Davlat Dasturini amalga oshirish jarayonidagi xalqimizning fidoyi mehnatlarini keng targʻib qilish maqsadida 2013-yil boshida "Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasi tahririyati tomonidan "Obod turmush - ezgu maqsadimiz" tanlovi eʼlon qilingan edi.

Shu yilning 7-yanvar kuni "Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasi tahririyatida tanlovda faol ishtirok etgan yosh ijodkorlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Nukus Davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi Feruza Razzoqova tanlov gʻolibi deb topildi va 1-darajali diplom bilan taqdirlandi. Mangʻit iqtisodiyot kasb-hunar kolleji talabasi Aziza Madrahimova ikkinchi, Nukus Davlat pedagogika instituti talabasi Muhabbat Sobirova uchinchi darajali diplomlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Gʻoliblarni taqdirlash marosimida gazeta muharriri Gʻ.Yeshniyozov, jurnalistlardan A.Jumaniyozov, O.Rajabova, R.Yoʻldosheva, O.Xudoyberganova va "Barkamol avlod" bolalar markazi mutaxassisi Z.Olloyorovalar soʻzga chiqishib, yosh ijodkorlarga muvoffaqiyatlar tiladilar. Oʻz navbatida yosh qalamkashlar oʻz ijod namunalaridan oʻqib berdilar.

Bilimlar bellashuvi

7-yanvar kuni tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf oʻquvchilari orasida fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Olimpiadada 76 ta maktabdan, hudud bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 256 nafar oʻquvchi qatnashdi. 8-9-yanvar kunlari esa 5-8-sinflar oʻrtasida "Bilimlar bellashuvi" tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda oldingi bosqichda gʻolib boʻlgan 511 nafar oʻquvchi ishtirok etib, bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.

"Harakat xavfsizligi oyligi” davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-dekabrdagi 825-f-sonli farmoyishiga asosan Mamlakatimizning barcha joylaridagi kabi bizning tumanimizda ham "Harakat xavfsizligi oyligi" tadbirlari oʻtkazilmoqda.

2013-yilning 15-dekabridan shu kungacha tuman IIBAMTVTXUFMKAKNE boʻlinmasi tomonidan tuman davlat soliq inspektsiyasi bilan hamkorlikda 6 ta maxsus reydlar oʻtkazildi, bir qancha yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi uyushmalarda haydovchilar oʻrtasida tushuntirish - targʻibot ishlari olib borildi.

Bunday tadbirlar mehnat jamoalarida va barcha taʼlim muassasalarida ham oʻtkazilmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026