Baxtli oila xotirjam makondir
Oiladagi eng asosiy mezon – ikki tomonning bir-birini tuşunib, qöllab-quvvatlaşi, oğir va quvonçli damlarda bir-biriga hamdard, hamnafas bölişini taʼminlovçi harakat uyğunligidir.
Baxtli oila – bu bexatar va xotirjam makon demak. Şunday oilaning aʼzolari dasturxon atrofida ötirib, ota-ona farzandlari bilan kun qanday ötganligi haqida suhbatlaşadilar va bolalar maktabda nima bölganini hayajon bilan aytib berişlariga imkon böladi, birgalikda dam oliş, ertangi kun uçun rejalarini tizişga jalb qilinişi ularni rağbatlantiradi.
Baxtli oiladagi bola kasal qolsa, ota-onasi unga albatta, ğamxörlik qilişiga işonadi. Ehtimol, ular keçasi bilan galma-gal uning oldida bölişlariga töğri kelişi ham mumkin. Yoki bola ota-onasining oldiga qaçon yordam sörab kelmasin, ular jigarbandiga doimo maslahat berib, qöllab-quvvtlaşadi. Ha, bu dunyo qançalik tezkor bölmasin, bola öziga oilada eʼtiborni his etişi kerak.
Farzandlar ösib ulğaygaç, özlari ham oila qurişadi, öz oilalarini baxtli qilişga, hamda keksayib qolgan ota-onalari haqida jonkuyarlik qilişga intilişadi.
Şu örinda taʼkidlaş lozimki, farzandlariga ota-onalar undoq qil, bundoq qil, deya nasihat qilganidan köra, özlarining harakatlari bilan ibrat bölgani yaxşiroq. Boisi bolalar eşitganidan emas, körganlaridan namuna oladi. Bu hayot – haqiqati!
Gulşod Yusupova, “Oila” markazi tuman bölimi rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶