HUQUQIY MADANIYaT VA OILA MUQADDASLIGI TARĞIB ETILMOQDA
Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirişga şu vaqtgaça huquqni muhofaza qiluvçi organlar, davlat idoralari şuğullanadi, degan qaraş hukm surib keldi.
Muhtaram Yurtboşimizning 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltiriş tizimini tubdan takomillaştiriş töğrisida”gi Farmonida bu boradagi kamçiliklarni bartaraf etiş, har bir şaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyğotiş yöl-yöriqlari körsatib berildi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirişda taʼlim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravişda olib borilişiga eʼtibor qaratiş, maktabgaça tʼlim tizimidan boşlab, aholining barça qatlamlariga bu boradagi bilimlarni çuqur singdiriş vazifa qilib qöyildi. Prezidentimizning mazkur Farmoni va 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2019-yil 11-yanvar kungi Farmoiyişiga muvofiq butun mamlakatimiz böylab 2019-yilning 25-yanvaridan 5-fevraliga qadar “Farovon oila – jamiyat ravnaqining asosi” mavzusida tarğibot önkunligi ötkazilmoqda.
Önkunlik doirasida aholining, ayniqsa yoşlarning huquqiy bilimini oşiriş, özbekona urf-odatlarimizga, amaldagi qonunlarimizga hurmat hissini tarbiyalaş, oila, ota-onalik, fuqarolik masʼuliyatini tarğib etiş maqsadida köplab tarğibot tadbirlarini ötkaziş vazifa qilib qöyilgan.
Önkunlik doirasida tumanimizdagi “Oila” markazi tomonidan ham köplab çora-tadbirlar amalga oşirilayapti. Xususan, Çordara, Boyovul mahallalarida, Bözyop ovulida, Manğit Iqtisod kollejida, tuman Tibbiyot birlaşmasida “Soğlom oila – soğlom jamiyat”, “Oila jamiyat va davlat himoyasida”, “Milliy qadriyatlarimizning hayotimizdagi örni va ahamiyati”, “Baxtli oila tuşunçasi” kabi mavzularda tarğibot tadbirlari ötkazildi.
31-yanvar kuni 13-sonli maktabda ham şu kabi tadbir ötkazilib, unda maktab öqituvçilari, yuqori sinf öquvçilari iştirok etdilar. “Milliy qadriyatlarimizning hayotimizdagi örni va ahamiyati” mavzusidagi tadbirni maktab direktori Murdboy Haybullayev oçdi va olib bordi. Tadbir iştirokçilari “Oila” markazi tuman bölimi rahbari Gulşod Yusupova, Özbekiston Milliy tiklaniş demokratik partiyasi tuman Kengaşi raisi Şirin Yangiboyeva, hudud profilaktika inspektori Mingboy Saynetullayev, tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokori Gulandom Olloqulovalarning kun tartibidagi mavzu yuzasidan maʼruzalarini tingladilar. Şuningdek, öquvçi – yoşlar ham öz fikrlarini bildirdilar.

Şu kuni “Boğ” mahallasi aholisi, faollari bilan ham baxtli oila quriş, oilaviy ajrimlarning oldini olişda nuroniy keksalarning hayotiy saboqlaridan örnak olişning ahamiyatini, oila muqaddasligini tarğib etişga bağişlangan tadbir ötkazildi.

– Hali ön kunlik doirasida ötkazilişi rejalaştirilgan tadbirlarimiz köp, - deydi “Oila” markazi tuman bölimi rahbari Gulşod Yusupova.
Jamiyat ravnaqi, baxtiyor turmuş tarziga erişiş uçun aholi, ayniqsa yoşlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş borasidagi bu kabi saʼy-harakatlar kelgusida öz samarasini beradi, albatta.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶