Amudaryo tumanida Iqtisodiy sud tomonidan ötgan yili 83,1 foiz iş sayyor sudda körildi
Tuman Iqtisodiy sudi tomonidan qonuniylikni mustahkamlaş, odil sudlovni amalga oşiriş, tadbirkorlik subʼektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda sud majlislarining tarbiyaviy örni va ahamiyatini oşiriş maqsadida körilayotgan işlarni aksariyat hollarda sayyor sud majlislarida jamoatçilikni jalb qilgan holda ötkazişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Iqtisodiy sud tomonidan 2018-yil davomida 2 ming 485 ta iş körilgan bölib, şundan 1 ming 218 tasi Amudaryo tumanida körib çiqildi.
Sud majlisining tarbiyaviy va profilaktik ahamiyatini oşiriş maqsadida sud tomonidan 2 ming 71 iş, yaʼni jami körilgan işlarning 85,3 foizi sayyor sud majlislarida körib çiqildi. Şundan 1 ming 12 ta iş, yaʼni 83,1 foizi Amudaryo tumani böyiça körildi.
Iqtisodiy sud tomonidan tumanda odil sudlovni amalga oşiriş, sudni «Adolat qörğoni»ga aylantiriş maqsadida aholi örtasida uçraşuv, oçiq suhbatlar muntazam ötkazilmoqda. Ularga muammolarini hal qilişda, buzilgan huquqlarini tiklaşda yaqindan yordam körsatib borilmoqda.
Ö.Sobirov,
tuman Iqtisodiy sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶