INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATsIYaSI – INSON OMILIGA ĞAMXÖRLIKNING OLIY IFODASI
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda kuçli fuqarolik jamiyatini barpo etiş, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asosalangan bozor iqtisodiyotini rivojlantiriş, xalqimizning öz hayotidan rozi bölib yaşaşiga erişiş va Özbekistonning xalqaro maydonda öz nufuziga ega bölişiga yönaltirilgan kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Bu jarayonda Asosiy qonunimiz va uning asosida qabul qilingan qonunlar jamiyat va davlat faolyatining barça sohalarini isloh qiliş uçun mustahkam huquqiy asos bölmoqda.
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi mamlakatimiz mustaqillikka erişganidan söng qöşilgan birinçi xalqaro huquqiy hujjat hisoblanadi. Deklaratsiyaning barça asosiy printsiplari Özbekiston Konstitutsiyasida öz ifodasini topgan.
Bugungi kunda Özbekiston Respublikasi inson huquqlari böyiça 70 asosiy hujjatga qöşildi, BMT tomonidan uşbu sohada qabul qilingan 10 ta asosiy xalqaro şartnoma iştirokçisiga aylandi.
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida belgilangan asosiy qoidalarni milliy qonunçiligimiz implementatsiya etiş orqali mamlakatimiz boşqa rivojlangan demokratik davlatlar orasida öz nufuzi va mavqeiga ega böldi. Özbekistonda inson huquqlarini taʼminlaş va himoya qiliş borasida öziga xos milliy tizim yaratildi. Deklaratsiya asosida qabul qilingan xalqaro konventsiyalarni ratifikatsiya qiliş orqali Özbekiston jahon hamjamiyati tomonidan inson omiliga eʼtibor, huquqi sohasida umumeʼtirof etilgan tamoyillarga sadoqatli ekanini yaqqol namoyon etdi. Bu – bejiz emas. Çunki unda inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasini barça xalqlar va barça davlatlar bajarişga intilişi lozim bölgan vazifa sifatida eʼlon qilar ekan, bundan muddao şuki, har bir inson va jamiyatning har bir taşkiloti doimo uşbu Deklaratsiyani nazarda tutgan holda maʼrifat va taʼlim yöli bilan bu huquq va erkinliklarning hurmat qilinişiga kömaklaşişi, milliy va xalqaro taraqqiyparvar tadbirlar orqali ham uning bajarilişi taʼminlanişiga, Taşkilotga aʼzo bölgan davlatlar xalqlari örtasida va uşbu davlatlarning yurisdiktsiyasidagi hududlarda yaşayotgan xalqlar örtasida yalpisiga va samarali tan olinişiga intilişlari zarurligi taʼkidlangan. 1-moddasida “Hamma odamlar öz qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bölib tuğiladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bölişlari kerak”, 3-moddasida “Har bir inson yaşaş, erkin böliş va şaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir”, 7-moddada esa “Barça odamlar qonun oldida tengdir va heç bir tafovutsiz qonun bilan teng himoya qiliniş huquqiga egadir. Barça odamlar uşbu Deklaratsiyaga zid bölgan har qanday kamsitişdan va şunday kamsitişga undaydigan har qanday gij-gijlaşdan teng himoya qiliniş huquqiga egadir” deyilgan.
Umuman, Deklaratsiyaning qaysi bir modda, bandini olib qaramang, inson omiliga ulkan eʼtibor, uning baxtiyor va farovon yaşaşi, emin-erkin bölişiga ğamxörlikning ifodasini körişimiz mumkin. Şu boisdan ham 2018-yilda uşbu hujjat qabul qilinganining 70 yilligi mamlakatimizda ham keng nişonlandi, davlatimizning bugungidek taraqqiy etişidagi tutgan örni keng tarğib etildi.
Çindan-da har birimizning emin-erkin, baxtiyor, farovon hayot keçirişimizning huquqiy asoslaridan biri inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasini çuqur öqib örganiş, mazmun-mohiyatini teran tuşuniş – özligimizni anglaşimizga zamin yaratadi..
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶